7-mavzu: Zamonaviy o'qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari
Reja:
1.O'quv faoliyatini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
psixologik mohiyati.
2. O'qituvchiilarni pedagogik kasb faoliyatiga tayyorlashning psixologik
texnologiyalari.
3.Shaxsni kamol toptirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari.
4.Zamonaviy pedagogik texnologiyalami qo'Uashda hisobga olinadigan ayrim
pedagogik-psixologik tajribalar.
5.Muammoli ta'lim texnologiyasining psixologik asoslari.
6. Pedagogik texnologiyalar asosida o'quvchilarda bilish mustaqilligini
rivojlantirishning psixologik muammolari.
7.Bilimlarning ko'nikma va malakalarga aylanish texnologiyasining pedagogik-
psixologik mohiyati.
8.Pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning ijtimoiy-psixologik tomonlari.
MAVZU: O„qituvchi psixologiyasi Reja: 1. Hozirgi zamon o„qituvchisiga
qo„yiladigan talablar 2. Pedagogik qobiliyatlar O„qituvchining eng muhim
shaxsiy xislatlari qo„yidagilardir: - ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his
etish; - olijanobligi, aql-farosati, ma‟naviy pok va ma‟rifat bo„yicha yuksak
maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo„yicha bolalarga
singdirib berishi; - o„zini qo„lga ola bilishi, sabr-toqatli, matonatligidir.
Jamiyatning o„qituvchilik kasbiga qo„yadigan asosiy talablari quyidagichadir: -
shaxsni ma‟naviy-ma‟rifiy tomondan tarbiyalashning milliy uyg„onish
mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarining mohiyatini bilishi, bolalarni
mustaqillik g„oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o„z vatani, tabiatiga
va oilasiga bo„lgan muhabbati; - keng bilim saviyasiga ega bo„lish, barcha
sohalarga doir bilimlar bilan kurollanishi; - yosh pedagogik psixologik, ijtimoiy
psixologiya va pedagogika yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan
chuqur bilimlarga ega bo„lishi; - o„zi dars beradigan fan bo„yicha mustahkam
bilimga ega bo„lib, o„z kasbi sohasida jahon fanida erishilgan yutuq va
kamchiliklardan xabardor bo„lishi; -ta‟lim va tarbiya metodikasini egallashi; - o„z
ishiga iqtisodiy yondashishi; - bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna
olishi; - pedagogik texnikani (mantiq, nutq; ta‟limning ifodali vositalari) va
pedagogik taktga ega bo„lishi; o„qituvchining o„z bilim va pedagogik mahoratini
doimiy ravishda oshirib borish Pedagogik qobiliyatlar- insonning pedagogik
faoliyatga tayyorgarligi va uni muvafaqiyatli bajarishni ifodalovchi individual-
o„ziga xos xususiyatlari sifatida belgilanadi. Pedagogik qobiliyatlar tasnifi (V.
A.Krutetskiy bo„yicha) 1. Didaktik qobiliyat- o„quvchilarga mos o„quv
materialini bera olish qobiliyati. Ma‟lumot yoki muammolar aniq va tushunarli
berish, fanga nisbatan qiziqishlarini uyg„otish, o„quvchilarning faol mustaqil
fikrlashlarini kuchaytirishdan iborat. 2. Akademik qobiliyat-fanning ba‟zi
sohalariga bo„lgan (matematika, fizika, biologiya, adabiyot va hokazolar)
qobiliyat hisoblanadi. 3. Perseptiv qobiliyat-o„quvchilarning ichki olamiga kirib
bora olish qobiliyati, psixologik kuzatuvchanlik bilan izohlanadi. 2 4. Nutq
qobiliyati -O„z fikrlari, hissiyotini nutq yordamida, shuningdek, mimika va
pantomimika yordamida aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. 5. Tashkilotchilik
qobiliyati- birinchidan, o„quv jamoasini tashkil etish uni muhim vazifalarini hal
etishga undash qobiliyati, ikkinchidan, o„z shaxsiy ishini to„g„ri tashkil etish
qobiliyatidir. 6. Avtoritar qobiliyat-o„quvchilarga bevosita hissiy-irodaviy ta‟sir
ko„rsata olish qobiliyati va uning negizida avtoritetga aylanish qobiliyatidir. 7.
Kommunikativ qobiliyat-bolalar bilan muloqatga kirishish, o„quvchilarga to„g„ri
yondashuvni topish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq
o„zaro munosabatlarni o„rnatish qobiliyati, pedagogik taktning mavjudligi bilan
belgilanadi. 8. Pedagogik tassavur (yoki bashorat qila olish qobiliyati) o„quvchi
shaxsini tarbiyaviy loyihalashtirish ya‟ni o„z harakatlarini (oldindan) oqibatlarini
oldindan ko„ra bilish qobiliyati. 9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati- u o„qituvchi
uchun muhim ahamiyat kasb etib, diqqatni bir vaqt bir necha faoliyatga
qaratishdan iborat qobiliyadir. Pedagogik qobiliyatlar tasnifi (N.V.Kuzmina
bo„yicha). N.V.Kuzmina va uning maktabi tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik
qobiliyatlar konsepsiyasi bugungi kunda bir muncha to„liq tizimli talqinni
ifodalaydi: Birinchi daraja Perseptiv-refleksiv pedagogik qobiliyatlar u o„zida:
Hissiylikning uch turini mujassam etadi: a) Obyektni his etish o„quvchilar
ehtiyojlarini talablar bilan mos kelishining empatiyasi va bahosi bilan bog„liq; B)
Meyor yoki taktni his etish; v) Tegishlilik hissi. Bu hissiyliklarning namoyon
bo„lishi pedagogik intuitsiyaning asosi hisoblanadi Ikkinchi daraja. Proyektiv
pedagogik qobiliyat-ta‟limning yangi samarali usullarini ishlab chiqishga bo„lgan
hissiylik bilan muvofiqlashtiriladi. Gnostik qobiliyat- o„quvchilarning o„qitish
metodikalarining tez va ijodiy egallashda, ta‟limning turli usullarini yaratishda
namoyon bo„ladi hamda ular o„qituvchining o„z o„quvchilari, o„zi haqidagi
ma‟lumotga ega bo„lishini ta‟minlaydi. Loyihalashtirish qobiliyati- tarbiyalovchi
ta‟limning yakuniy natijalarini rejalashtirishida namoyon bo„ladi. Konstruktiv
qobiliyat- birgalikdagi hamkorlik faoliyatini ijodiy ish atmosferasini yaratishda
namoyon bo„ladi. Kommunikativ qobiliyat-aloqa va pedagogik maqsadga
muvofiq munosabatlarni o„rnatishda namoyon bo„ladi u quyidagilar orqali
ta‟minlanadi: ● indentifikatsiyaga bo„lgan qobiliyat; ● o„quvchilarning individual
qobiliyatlariga bo„lgan hissiylik; 3 ● yaxshi rivojlangan intuitsiya; ● suggestiv
xususiyatlar; ● nutq madaniyati omillari (mazmuniylik, ta‟sirchanlik) (L. D.
Stolyarenkaga ko„ra) Tashkilotchilik qobiliyati- o„quvchilarning guruhda o„quv
materialini o„zlashtirishda tashkil etish qobiliyatiga bo„lgan o„ziga xos hissiylikda
namoyon bo„ladi.
Muammoli ta‟lim – bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va
boshqa shu kabilar) va o„quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini
(muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta‟lim va
o„qitishning ilgari ma‟lum bo„lgan usullarini qo„llash qoidalarining yangi
tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta‟lim ko„proq o„quvchi fikrlash
qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va ye‟tiqodining
shakllanishini ta‟minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki
ulardan foydalangan holda muammoli ta‟lim ilmiy bilim va tushunchalarni,
dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har
tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta‟lim bo„lib qoladi.
Muammoli ta‟lim nazariyasi o„quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi
ta‟limni tashkil qilishning psixologik – pedagogik yo„llari va usullarini
tushuntiradi.
Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o„quvchi faol fikrlash
faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish
asosida o„quv jarayonini qayta qurish g„oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik
faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko„rish asosida muammoli ta‟limning
asosiy g„oyasi aniqlanadi: muammoli ta‟limda bilimning deyarli katta qismi
o„quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o„quvchilarning tomonidan
muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida yegallab
olinadi.
Ma‟lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim
ko„rsatikichi – yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar
ta‟lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so„zning
zamonaviy ma‟nosida rivojlanuvchi ta‟lim deb hisoblash mumkin.
Rivojlanuvchi ta‟lim deb, ya‟ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib
keladigan shunday ta‟limni hisoblash mumkinki, unda o„qituvchi fikr yuritishning
qonuniy rivojlanishni bilimga tayangan holda, maxsus pedagogik vositalar
yordamida o„z o„quvchilarini fan asoslarini o„rganish jarayonida fikrlash
qobiliyati va bilish yehtiyojini shakllantirishga oid maqsadga yo„naltirilgan ish
faoliyatini olib boradi.
O„qitish jarayoniga muammoli o„qitish texnologiyasini qo„llash uchun
o„qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
O„quv dasturi bo„yicha mavzularni muammoli dars shaklida o„tish
mumkinligini;
Mavzu matnidagi masalalar bo„yicha muammoli vaziyatni keltirib
chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik,
tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish;
O„quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni
ta‟minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o„z o„rnida va samarali
foydalanish yo„llarini belgilash zarur.
Muammoli ta‟lim texnologiyalari o„quvchi faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta‟lim texnologiyasining asosi -
insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning
muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib
chiqadi.
Muammoli ta‟lim o„quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini
o„stirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli ta‟limning bosh maqsadi - o„quvchilarning o„rganilayotgan
mavzuga doir muammolarni to„liq tushunib etishga yerishish va ularni hal yeta
olishga o„rgatishdan iborat. Muammoli ta‟limni amaliyotda qo„llashda asosiy
masalalardan biri o„rganilayotgan mavzu bilan bog„liq muammoli vaziyat
yaratishdan iborat.
Turli o„quv fanlari bo„yicha o„qituvchilar darslar jarayonida muammoli
vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko„zda tutishlari
kerak.
Dostları ilə paylaş: |