O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Baliq skleti- bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini 
beradi. U o„quvchilarni tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish 
ko„nikmalarini rivojlantiradi. Bunda ham o„quvchilar birinchi bo„lib, 
chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda yuqori 
“suyagida” kichik muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik 
muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladilar. O„quvchilar 
kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o„zlarining chizmlarini 
to„ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. Ish natijalari taqdimoti 
o„tkaziladi va o„quvchilar o„zlari chizgan chizmani ifodalab beradilar.
Pedagogik texnologiyaning samarali metodlaridan yana biri bu - 
klasterdir. «Klaster» so'zi “g'ujum”, “bog'lam” ma'nosini anglatadi. Bu usul ko'p 
variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa 
o'rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klasterlar asosan yangi fikrlarni uyg'otish, 
mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo'lib, muayyan mavzu bo'yicha 
yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha 
o'quvchilarning ishtirok etishi lozim bo‟ladi.
Nima uchun ? 
Nima uchun ? 
Nima uchun ? 
Nima uchun ? 


Tadbirlarda innovatsion texnolgiyalardan foydalangan holda tashkil etish 
uning o„quvchilar tomonidan faol qabul qilinishiga olib keladi.
“Zigzag” usuli 1980-1990 yillardan boshlab paydo bo„lgan. Bu usulning 
boshqa usullardan farqi shundaki, ishtirokchilar mayda guruhlarga ajratiladilar va 
talabalar raqamlanadilar, spiker (boshliq saylanadi). So„ngra bir xil raqamlar bir-
birini “topadilar”. Topshiriq beriladi va o„zlashtirgach, tarqalishadilar. Har bir 
a‟zo o„zi o„zlashtirgan materialni eski sheriklariga aytib beradi. Savol-javobda 
esa guruh baholanadi. Har bir raqamlanganlar yangi va har xil topshiriqlar 
olganini hisobga olsak, har bir talaba o„z guruhi manfaati uchun ham berilgan 
topshiriqni bilishi kerak va bilishga majbur! Chunki, u o„z guruhiga qaytganda, 
o„rgangan mavzu bo„yicha savol-javobda guruhi nomidan qatnashishi kerak.
«Yelpig„ich» texnologiyasi 
Bu texnologiya murakkab, ko„ptarmoqli, mumkin qadar, muammo 
xarakteridagi mavzularni o„rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari 
bo„yicha biryo„la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida 
nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, 
fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni 
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o„z g„oyalari, fikrlarini yozma va og„zaki 
shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Yelpig„ich» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini 
muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashuvchining, guruhning 
faol ishlashiga qaratilgan.
«Yelpig„ich» texnologiyasi mavzuni o„rganishning turli bosqichlarida 
qo„llanilishi mumkin:
-boshida: o„z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o„rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab 
yetish;
-yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Bu texnologiya talabalarga tanqidiy, tahliliy va ainq mantiqiy fikrlashlarini 
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o„z g„oyalari, fikrlarini yozma va og„zaki 
shaklda ixcham bayon etish, shuningdek, uni himoya qilishga imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin