O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

ko„rinishlari sanaladi:
- yangi g„oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo„nalishini o„zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan‟anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo„lmagan tashabbuslar;
- ilg„or ish uslublari
Ta‟lim tizimida yoki o„quv faoliyatida innovatsiyalarni qo„llashda 
sarflangan mablag„ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi 
ko„zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u 
boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o„zgaruvchan mexanizmga ega 
bo„lishi zarur.
Barcha sohalarda bo„lgani kabi ta‟limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” 
hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to„g„risida so„z yuritiladi. Agar 
faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo„lib, faqatgina tizimdagi 
ayrim elementlarni o„zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb 
yuritiladi.
Bordi-yu, faoliyat ma‟lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, 
uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o„zgartirishga 
xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish)deb ataladi
Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda 
“innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga 
alohida e‟tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I. Zagvyazinskiyning e‟tirof etishicha, 
“yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g„oyani, balki hali amaliyotda 
foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo 
bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo„lib, 
o„zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta‟lim va tarbiya vazifalarini samarali hal 
etish g„oyalarini o„zida aks ettiradi.


Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, 
metodika, texnologiya va b. ko„rinishida namoyon bo„ladi.
Mohiyatiga ko„ra novatsiya va innovatsiya o„rtasida muayyan farqlar mavjud. 
Ular quyidagilardir:
Innovatsiya  
1) tizimli, yaxlit va davomli bo„ladi;
2) ma‟lum amaliyotda yangi faoliyat 
tizimini loyihalaydi;
3) subyektlarning faoliyati to„la 
yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga 
erishiladi;
6) amaliyotning o„zi ham yangilanadi

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin