O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


 Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

5. Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq.
Hozirgi kunda o‟qituvchilar pedagogik texnologiya haqida aniq tushuncha va 
tasavvurlar birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarlik 
teng hisoblash hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud 
bo‟lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Metod - grekcha metodos so‟zidan olingan bo‟lib tatbiq qilaman, yo‟naltiraman, 
ilmiy asoslayman degan ma‟noni anglatsa, metodika - grekcha so‟z bo‟lib 
tushuntirishning yangi yo‟lini topaman, qidiraman, izlayman degan ma‟noni 
anglatadi. 
Metodis olimlarimiz metodika fanini turlicha ta‟riflaydilar biroq, ta‟riflarning 
umumiy mohiyati bir-biriga yaqinligini e‟tirof etish mumkin. 
Metodika - biror ishni maqsadga muvofiq o‟tkazish metodlari, yo‟llari 
majmuasidir 
(1-ta‟rif).
Metodika - o‟quv jarayonini tashkil etish va o‟tkazish bo‟yicha tavsiyalar 
majmuasidan 
iborat 
(2-ta‟rif).
Metodika - fani ma‟lum o‟quv fanlarini o‟qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. 
Masalan, tillar metodikasi, arfmetika metodikasi kabi alohida metodikalarga 
ajraladi. 
(3-ta‟rif).
Metodika - o‟qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta‟limda yakuniy 


natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig‟indisidir. O‟quv fanlarini o‟qitish 
qonuniyatlarini tadqiq qiladi (4-ta‟rif). 
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har 
ikkisidan 
unumli 
foydalana 
bilish 
talab 
qilinadi. 
Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha
O‟qitish metodi uch xil. 1. An‟anaviy metod (sakkiz qismga bo‟linadi). 2. 
No‟ananaviy metod (o‟n qismga bo‟linadi). 3. Umumiy o‟qitish metodi (olti 
qismga bo‟linadi). Jami 24 ta o‟qitish metodikasi bor. 
Ushbu farqlar haqidagi masala yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin. «Aslida 
zamonaviy ta‟lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom 
bo‟g‟ib tashlamagani deyarli mo‟jiza, chunki bu nozik nihol (ya‟ni 
qiziquvchanlik) rag‟batlantirish yo‟li bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni 
talab qiladi, bo‟lmasa, u shubxasiz, mavh bo‟ladi» (A.Eynshteyn). 
Bu yerda ta‟lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi 
nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har 
tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. 
Pedagogik texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi 
o‟qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi 
pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e‟tiborni nimaga 
qaratilishida 
farqlar 
mavjud.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin