13- мавзу: Innovatsion pedagogika predmeti amalda tatbiq qilinadigan
vazifasi
Reja:
1.Innovatsion pedagogika.
2.Pedagogikaning qanday bo'lishi va uning vazifasi.
3.Innovatsion pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Innovatsion pedagogikaning rivojlanishi va umumiy g'oyasi.
5.Innovatsion potentsial, innovatsion muhit, yangi jarayon.
6.Madaniyat va texnika «Innovatsiya» tushunchasini ishlab chiqish.
7.Tarbiya tizimida innovatsiyalar.
9.O'qituvchii pedagogik faoliyatida psixologik to'siqlar
14- мавзу: Kreativlik. Kreativlik muammosiga zamonaviy yondashish
Reja:
1.Kreativ dars tuzulishining texnologiyalari.
2.Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
3.Tafakkur olamida ijodiy fikirlashning o'rni.
4.Boshlang'ich sinflarda ijodiy tasavyurni rivojlantirish imkoniyatlari.
Tayanch tushunchalar: kreativlik, kreativlikni rivojlantirish, kreativlikni
rivojlantirishga to„sqinlik qiluvchi omillar, kreativ potensial, pedagogik
kreativlik, pedagogning kreativ potensiali, kreativ potensialning tarkibiy asoslari
va tamoyillari, pedagogning kreativ potensialini aniqlovchi mezonlar.
1. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati.
Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo„llanila
boshlaganiga hali u qadar ko„p vaqt bo„lmadi. Biroq, o„qitish jarayoniga
innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo„lgan ehtiyoj
“Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet
sifatida shakllanishini ta‟minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi,
umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o„qitish
metodikasi, ta‟lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik
g„oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari
mutaxassis, shu jumladan, bo„lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari
uchun zarur shartsharoitni yaratishga xizmat qiladi. Shaxsning mutaxassis sifatida
kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o„z mohiyatiga ko„ra jarayon tarzda namoyon
bo„ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol
topish, rivojlanish g„oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy
faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo„lgan jarayonda kechadi. Ijodkor
shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o„zgarishining
o„zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlar hamda inson ontogengizi –
tug„ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo
etadigan faoliyat mazmuniga bog„liq. Ma‟lumki, kasbiy tajriba bilim, ko„nikma
va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat
ko„nikmalarining o„zlashtirilishi nafaqat amaliy ko„nikma va malakalarning
integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va
vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik
metodologiyasidan xabardor bo„lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ
xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o„zlashtirilishi talab etadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o„zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy
faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash
mumkin. Ushbu jarayonning sur‟ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar,
shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy
muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog„liq. Zamonaviy sharoitda
pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo„lishi taqozo etadi. So„nggi yillarda
yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta‟lim tizimida talaba va talabalarda kreativlik
sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e‟tibor qaratilmoqda. Buni
Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.),
Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan
olib borilgan ko„plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko„rish mumkin. Birgina
Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod
etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan.
Qolaversa, o„qituvchilar kreativlik asoslarini o„rganishga jiddiy kirishganlar
(Begetto, Kaufman, 2013 y.). O„qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ
yondashuv ko„nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir
adabiyotlar chop etilyapti, Ta‟lim departamenti tomonidan tayyorlangan video
lavhalarga asoslanuvchi noan‟anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta‟lim
departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay,
ko„pchilik o„qituvchilar hali hanuz shaxs (o„zlarida hamda talabalarda kreativlik
sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o„zlashtira olmayaptilar.
Ta‟lim tizimini boshqarish organlari har yili ta‟lim muassasalarida yuqori
samaradorlikka erishishga e‟tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o„quv dasturini
ishlab chiqiladi, yangi o„quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham
o„qituvchilarni kasbiy o„sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy
harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg„a intilishga bo„lgan ehtiyojni
muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o„quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar
rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, o„quv yilining oxirida kelib oliy ta‟lim
muassasalarida talabalarning fanlarni o„zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy
natijalar kuzatilmayapti. Ko„plab talabalarning ta‟lim olishga nisbatan qiziqishi
yo„qolgan. Buning natijasida o„qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan
kasbiy faoliyatni tashkil etishni o„ylashmayapti. Ta‟lim tizimini boshqaruvchi
organlar ta‟lim olishga nisbatan xohish-istagi bo„lmagan talabalar, bu kabi ta‟lim
oluvchilarni o„qitishni istamayotgan o„qituvchilar faoliyatini o„zgartirish borasida
yangidan-yangi choratadbirlar belgilansa-da, ahvol o„zgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o„ylab, rejalashtirilib
qo„yilishi talabalar uchun qiziq bo„lmayotgandir, balki balki ta‟lim mazmunining
muayyan
qolipga
solinganligi
talabalar
uchun
hech
qanday
stimul
bermayotgandir, rag„bat bildirmayotgandir. O„quv mashg„ulotlarining avvaldan
rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni
shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g„oyalarni o„ylab
topishga majbur qilish ta‟lim olishga bo„lgan munosabatni o„zgartirish, ularni
yutuqlarga erishishga rag„batlantirishda asosiy omil bo„lar. O„quv
mashg„ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi . Shaxsda kreativlik
sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to„laqonli anglash uchun
dastlab “kreativlik” tushunchasining ma‟noni tushunib olish talab etiladi. Ken
Robinsonning fikriga ko„ra, “kreativlik – o„z qiymatiga ega original g„oyalar
majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o„z tadqiqotlarida tushunchani
shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy
harakat bo„lib, u o„zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma‟lum amaliy
qiymatga ega bo„lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai
nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo„yicha o„zlashtirilgan puxta
bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko„nikmalarga ham ega bo„lish”
demakdir. Ko„plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o„rtasidagi aloqadorlik
xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o„rtasida hech
qanday bog„liqlik yo„q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va
intellekt darajasi bir-biriga bog„liq ekanligini ta‟kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
“Kreativlik” tushunchasi o„zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G„arb
kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik
negizida noan‟anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg„usi va
erkinlik mavjud bo„lishiga e‟tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.;
Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta
tug„ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997
y.; Rudovich, Yuye, 2000 y.). Garchi g„arblik va sharqliklarning kreativlik
borasidagi qarashlari turlicha bo„lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham
mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.). Patti
Drapeau nuqtai nazariga ko„ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan
o„quv topshirig„i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko„plab g„oyalarga
tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina
to„g„ri g„oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan
bir va ko„p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo„lmaydi. Binobarin, bir va
har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi.
YA‟ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha
variantini izlaydi (ko„p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani
kafolatlovchi birgina to„g„ri yechimda to„xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini
quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish,
“creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g„oyalarni ishlab
chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati Shaxsning kreativligi uning tafakkurida,
muloqotida, histuyg„ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo„ladi.
Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi.
Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik
zehni o„tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e‟tiborini ta‟lim jarayoniga faol jalb
etishni ta‟minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari
kabi o„qituvchilar ham o„zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini
aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan
va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o„tadi. Mazkur test
shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik,
tezkor fikrlash, o„ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar
bo„yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Talaba tomonidan tavsiya etilgan
savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to„rtta mezonni qanotlantirishi
lozim
Dostları ilə paylaş: |