Differensiatsiya - fransuzcha (diffe‟rentiofion lotincha differentia - farq, har
hillik, ya‟ni butunni bo„laklarga bo„lish, ajratish. Ta‟lim mazmunini
intergratsiyalash - dunyo tendensiyasi (g„oya, fikr, intilish). Integrativ
yondoshishi turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligni aks ettiradi.
(tabiat- jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo„lingan qismlarni bir butunga
birlashtirish bilan bog„liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik
darajasining
oshirishga
olib
keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog„liqlik xajmi oshadi va tartibga
tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o„rganish obyektining yaxlitligi tartibga
solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta‟limida qo„llash
mumkin? Zamonaviy didaktik va metodikada ta‟kidlanishicha, o„quvchilarni
o„qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvoffaqiyatlari ularning dunyoning birligi
xaqida tushunchaning shakllanganligi, o„z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari
asosida yo„lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida
predmentlararo va predmetlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog„liq.
Ta‟limdaga integratsiya o„quv predmetlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli
yondoshish
orqali
ko„rib
chiqiladi.
Kursning maqsadi - bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat,
fan, san‟at bilan suxbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina
emas, hayvonlar, o„simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar
foydalanadigan til bilan tanishtirishdir. Kichik maktab o„quvchisiga fikr doirasi
keng bo„lgan muloqot san‟atining boshlang„ich savodini egallashda yordam
berish. Bu savod o„z ichiga odamlar bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta
yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o„z-o„zi bilan muloqotdan to atrof-muxitdagi
hodisalar
bilan
muloqotni
kiritadi.
Dostları ilə paylaş: