4.
Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari.
5.Ta‟lim tizimida integratsiyaning qo„llanishi.
6. Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish
7. Integratsiya darajalari
Tayanch
tushunchalar:
metodologiya,
kontenental
moslashuv,
individ, ideal, dunyoqarash,
1-masala.
Ta`lim jarayonida insonning intelektual rivojlanish haqidagi
ta`lim falsafasi XXI asr boshida ta`lim falsafasida shunday ustuvor
yo`nalish
vujudga
keldiki,
unda
insonni
yaxlit
intelektual
rivojlantirish masalasi vazifa qilib qoyilmoqda. Lekin hozirgacha
maktab ta`limida amalada bo`lgan predmetli o`qitish shakl i ushbu
vazifani amalaga oshirishga imkon bermay keldi. Yana shuni ham
ta`kidlash kerakki, hozirgi paytda fanlarni integratsiyalab o`qitish
haqidagi takliflar faqat tashqi birikish harakteriga ega bo`lib
qolmoqda. Aslida integratsiyali ta`limni ichki mant iqiy bog`lik va
chuqurroq metodologik aloqalarga asoslanib amalga oshirish zarur.
Shuningdek,
hozir
vujudga
kelayotgan
integratsiyali
fanlar
mazmunida turli falsafiy oqimlarga aloqador g`oyalarning yagona
nuqtaga birlashuv ehtimoli tug`ilmoqda. Chunki, end ilikda ta`lim
falsafasida chegaradosh fanlarning tabiiy moslashuvigina emas,
balki kichik kontinental (bir guruhga kiruvchi fanlarning boshqa
guruh fanlari bilan) moslasahuvi ham o`zlashtirilmoqda.
Didaktik olimlarning tekshiruvlarida uslubning amaliy faoliyat bilan
bo„lgani genetik tabiati ajratib ko„rsatiladi.N.N.Skatkin, I.Y.Lerner, Aleksyuk
Y.K. Babanskiylarning tekshiruvlarida ta‟lim uslublariga taalluqdi ikkilamchi tur
belgilarining ta‟rifi beriladi. Ular uslub-ifoda, mazmun va ta‟lim usuli ekanligi
isbotlab berishgan. Gegel falsafadagi uslubni mazmun xarakatining shakli sifatida
ko„rsatadi. Ta‟lim jarayonida turli hil mantiqiy tizimlar orqali o„qituvchi va u
bilan birgalikda o„quvchilar o„z bilim, qobiliyat va ko„nikmalarini deduksiya,
induksiya, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish, taqqoslash shaklida
ifodalaydidar.Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy
bog„langan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlang„ich sinflarda o„quv jarayoni
foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarining turli tumanligi bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yang o„quv rejalari va dasturlariga o„tish
davrida jamiyat va atrof-muhit o„rtasidagi aloqalarni uyg„unlashtirish, atrof-
muhitga jiddiy munosabatni o„rnatish va shakllantirnsh masalalari muhim
ahamiyat
kasb
etadi.
Atrof-muhitga jiddiy munosabatlarning poydevori boshlang„ich sinflarda
o„rgatiladi. Shuning uchun iqtisodiy ta‟limning natijasi maktab ta‟limiing birinchi
bosqichiga bog„liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi
maktab o„quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi
tushunchalarni ko„rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang„ich iqtisodiy
ta‟limiing barcha tarkibiy qismlarini o„zgartirish va yangilashga asos yaratadi.
Boshlang„ich sinf o„quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars
talablariga mos keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy
masalasidir.
XIX-XX
asrlar oralig„ida pedagogikada kichik maktab
o„quchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini
yaratish fikri paydo bo„lgan. Bu fikr A.Y.Gerd, D.N.Kaygorodov, A.P.Pavlov
nomlari bilan bog„liq bo„lib, ular boshlang„ich maktabga atrofdagi jonli va jonsiz
dunyo
hakidagi
bo„linmagan
kursni
kirgizishni
talab
qilishdi.
Integratsiyalashgan
ta‟lim-tarbiya,
fanlararo
aloqalarning
ayrim
jihatlari
mashhur
pedagoglarning
(Y.Komenskiy,
D.Lokk,
I.Gerbart,
M.Pestalotssi,
K.Ushinskiy
va boshqalar), didaktiklarning
(I.D.Zverev,
M.A.Danilov, V.N. Maksimova, S.P.Baranova, N.M.Katkina va boshqalar)
psixolog olimlarning (E.N.Kabanova, Meller,N.F.Talizina, Y.A.Samarina,
G.I.Vergeles), medist olimlarning (M.R.Lvov, V.G.Goretskiy, N.N.Svetlovskaya.
Y.M.
Kolyagin,
G.N.Pristupova)
ishlarida
ko„rib
chiqilgan.
Bir qator ishlar boshlang„ich ta‟limdagi fanlararo va fanlar ichidagi
aloqalarga bag„ishlangap. Bu muammolar o„quv fanlarinn integratsiyalashga
o„tishning
yaqin
rivojlanish
zonasidir. (T.G.Raizayeva.,
G.N.Akvileva,
D.I.Troytap, G.V. Baltyukova, N.Y. Velenkin, N.M.Drujnina, T.S.Nazarova, I.K.
Blinova, R.G.Matyushova).
Rus pedagogik olimlari T. Kun, V.S. Styopinlarning
tatqiqotlarida
falsafa,
tabiat
va
ma`daniyat
haqidagi
fanlar
integratsiyalash sinab ko`rildi. Ular fizika, kibrnetika ilmlarini
anorganik olamdaki hodisalarni tushuntirish ga biologiya, ximiya
muammolarni hal etishga tadbiq etishni taklif etmoqdalar.
Nems olimi Nils Borning kashfiyoti (qo`shimchalik prinsipi)
yangi
fanlarning
rivojlanishiga
asos
soldi.
Hozirgi
zamon
falsafasida olg`a surilayotgan va integratsiyaning ta`lim zaminini
tashkil etuvchi element tarkibiga dunyo qarash unversiyali kiradi.
Dunyoqarash univeriyasi fan mazmunini anglash, tushunish moddiy
olamni ko`ra bilish imkonini yaratadi.
Ma`lumki,
komil
shaxsning
ta`lim -tarbiya
jarayonida
ijtimoiylashuviga erish ish bugungi kunda pedagogika nazariyasi
fanining
yetakchi
muammolaridan
biri
hisoblanadi.
Ushbu
muammoni hal etishda individ uchun dunyoqarash unversiyalarini
o`zlashtirishiga imkon beruvchi shart -sharoitlar yaratilgandagina
erishish mumkin. Dunyoqarash unversiylari jumlashiga dunyoga
umumiy ta`rif beruvchi zaruriy tushunchalar, kategoriyalar kiradi.
Ular moddiy olamdagi tabiiy va ijtimoiy jarayonlarga nisbatan
universal ma`noda qo`llanish imkoniga ega. Masalan, kenglik, vaqt,
harakat, miqdor, sifat, saba b, oqibat, zaruriyat, tasodif, shaxs, inson,
jamiyat, men, boshqalar, go`zallik, ong, ishonch, adolat, tenglik,
haqiqat.
Diferensiyalangan
ta`limda
unversiyalar
uning
barcha
qonuniyatlarini qamrab oladi. Unversiyalarning o`zlashtirilishi
boshqa fanlarning o`zlashtirilishiga ham asos bo`ladi.
Yana ma`danityat unversiyalari ham borki, ular turli ijtimoiy
ma`daniy yo`nalishlarda asos bo`ladi. Bunday ta`lim falsafasi
moddiy olamni ma`naviy o`zlashtirishiga yordam beradi. Uni
adabiyot, san`at, tarix fanlarini integratsiyalab o`qitish vositasida
amalga oshirish mumkin. Kundalik fikrlash, ma`naviy olamni
anglashda falsafiy ma`naviyat universiyalari yordam beradi. Falsafa
maydonida dunyoni umumiy ta`riflovchi tushunchalar olamni
anglash
ob`yektiga
aylanadi.
Ular
a sosida
ma`daniyat
unversiyalardan foydalanib, fikriy tajribalar o`tkazish imkoniyati
tug`iladi, fikrlashning ideal yo`nalishlari ham belgilab olinadi.
Hozirgi davr pedagogik amaliyotida fanlar aro bog`lanish
asosida ta`limni integratsiyalash yo`lidagi izl anishlar davom
etmoqda. Bu vazifa g`oyat murakkab va ayni paytda katta samara
berishi ham mumkin. Shuning uchun integratsiyani navbatdagi
shovshulik kompaniya deb tushunmaslik kerak
2-masala.
Hozirgi paytda integratsiyali pedagogika fanini
o`rganish ma slasida turlicha qarashlar mavjud ular orasida eng
samarali yo`l sifatida o`quvchilarga integratsiyli fanlar asosida
“tabiat+inson” tizimidagi bilimlarni sindirishga imkon beruvchi
tizim deb tushuntirilmoqda. Chunki XXI asr boshida jamiyat
hayotida shunday vaziyat vujudga keladiki, endi yer yuzida
yashyotgan har bir inson ma`naviy – ekologik tushunchalarni
o`zlashtirib olgan bo`lishi zarur. Hozirgacha tabiat boyliklaridan
rejasiz foydalanish, uni g`orat qilish kelajakda inson hayotini
hatolarga qo`yishi mumkinligi aniq bo`lib qoldi. Shuning uchun
bugungi kunda ekologik ma`naviyatni tarbiyalash integratsiyali
kurslarni bosh vazifasi bo`lishi kerak deb hisoblanmoqda. Bunday
g`oya yoshlarga yer yuzida birdamlik, yagona maqsad uchun kurash,
inson va tabiat uzviyligi, inson va tabiat hayotining gallaktika tizimi
qonuniyatlari bilan aloqadorligini tushuntirishni ko`zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |