Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari.
Boshlang„ich maktab ta‟lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi
nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang„ich
talimni integratsiyalish masalasiga keyingi paytda bir qancha yondoshishlar
bo„ldi: darsni ikki fan o„qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga
birlashtirib, uni bir o„qituvchi tomonidan o„tilishidan to integratsiyalangan kurslar
tashkil etish, boshlang„ich ta‟lim mazmunini tubdan o„zgartirishgacha. Bunga
maktab ham, didaktika va metodika ham tayyor emas.
Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo„yicha bilimlar tashkil etuvchi
integratsiyalangan kurs yaratish muammosi dolzarb bo„lib turibdi. Bular boshqa
turdaga bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o„z zimmasiga oladi. Bunday
yondoshish anchadan beri ma‟lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan.
Bunda siz faqat sinflarda emas, balki umumiy ta‟limning o„rta va tugallovchi
bo„g„inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida
bormoqda. Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish
uchun zarur bo„lgan bir qator ijtimoiy- iqtisodiy, axloqiy - estetik g„oya va
tushunchalarni kiritish ko„zda tutilgan.
Ohirgi paytda maktab ta‟limini integratsiyalash to„g„risida juda ko„p gapirildi.
Olimlar va amaliyotchi - o„qituvchilar bolalarda qanday qilib dunyo to„g„risida
yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo„yicha bilimlarni yaqinlashtirish
uchun bir butun dasturni tuzish to„g„risida bosh qotirmokdalar. Bir - biriga yaqin
bo„lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish xarakatlari bo„lmoqda: M-N
matematika va konstruksiyalash, tasviriy san‟at va badiiy mehnat, bu yo„llarning
samaradorligi to„g„risida chet ellik pedagoglarning ko„p yillik ishlari natijalari
bo„yicha baholash mumkin integratsiyalangan kurslar chet el maktablari uchun
odatiy holga aylangan.
Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko„rsatadiki, tabiat va jamiyat
xaqidaga bilimlarni rivojlanitirish uchun asos bo„luvchi integratsiyalangan fanlar
ko„pgina mamlakatlarning o„kuv dasturlariga kiritilgan. Bu ekologik yo„nalishiga
ega bo„lgan integratsiyalangan fanlar jaxon xamjamiyatida o„kuvchilarda atrof-
muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanliga to„g„risida xabar
beradi.
Hozirgi kunda integratsiyaiing bir necha usullari qo„llaniladi. Birinchisi bir
nechta fanlarni bir fanga birlashtirish. Shu masaladagi 1988 yilda chop etilgan
xalqaro pedagogik tajriba o„rganishi natijalari juda keng. Ko„pchilik xorijiy
mamlakatlar
boshlang„ich
maktablarining
o„ziga
xos
xususiyati
integratsiyalangan kurslar bo„yicha ta‟lim bo„lib qoldi.
Kichik maktab o„quvchisiga fikr doirasi keng bo„lgan muloqot san‟atining
boshlang„ich savodini egallashda yordam berish. Bu savod o„z ichiga odamlar
bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o„z-
o„zi bilan muloqotdan to atrof-muxitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi.
Kursning tuzilishi qanday? Kursning integrativligi uning tuzilishiga hos
hususiyatlarni belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo„lgan bir mavzu, har
chorakning asosiy mavzusida o„z rivojini topadi.
Shunday qilib kurs asosiga qo„yilgan (fikrlarning) g„oyalarning gorizontal
harakati amalga oshiriladi.
Xuddi shu yo„l bilan vertikal harakat ham amalga oshiriladi (sinfdan-sinfga),
bunda bir mavzu bolaning o„sishiga qarab murakkablashib boradi.
Integrativlik insonning olam bilan o„zaro aloqalariga aks etuvchi mavzularga
kiritilgan: bola idrokida abstrakt bo„lgan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar, yer
planetasi, katta bo„shliqlar va vaqt qa‟ri). Yaqin olam (mikroolam, uy oldidagi
hayvonlar va o„simlik dunyosi, ona-Vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati).
Insonlar olami bilan (turli mamlakatlar va madaniyatlar, sivilizatsiya markazlari,
insonning inson va jamiyat bilan munosabatlari insonning ichki dunyosi);
madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va olimlar ijodi, ma‟naviy qadriyatlarni
saqlovchi odamlarningishlari).
Shu olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlarini, tillarining o„ziga
xos xususiyatlarini ochish- kurs tizimining asosiy mantiqidir. Kurs oddiydan
murakkabga, bilishdan - ilmga, tartibsizlikdan uyg„unlikka, chanqoqlikdan
mohirlikka va ijodga bo„lgan harakatni, taklif kiladi. Bola dunyo yaralishining
«g„ishtchalari» bilan taniladi, olamning boshlanishga, insonning yerda paydo
bo„lishiga murojat qiladi. So„zlar, sonlar siri, yashil barg, qadimiy afsonalar
sirlarini ochish fikrlariga. Bola makon va zamon bo„ylab sayohatga otlanadi.
Shunday qilib bola har kuni ochishi kerak bo„lgan olamning go„zalligini va turli
tumanligini his qiladi.
Murakkab dunyoqarashlar ilmiy, badiiy g„oyalar bola tushunishi uchun
qulay, obrazli mavzularda o„z aksini topgan, ular yil mundarijasini tuzishga
imkon beradi. Bir tartibga solingan tizim bu kursining o„ziga xos xususiyatidir.
Bunday o„yinlarga yondoshish 6-10 yoshdan boshlanadi.Bu xol ularni turli o„yin
orqali murakkab bilim orttirish, badiiy, axloqiy masalalarni hal qilishga yordam
beradi.
Yil va chorak mundarijasiga turli ertak qaxramonlarini (kichik shaxzoda,
Karlson, Dyumovochka va boshqalar) kiritilishi ham shu maqsadga xizmat qiladi.
Ular bolani mavzudan mavzuga yetaklab yurgandek, ular bilan bola inson
muloqot qiladi va yangi narsalarni bilib oladi,
Kurs shaxsga moslangan yo„nalishga ega faqatgina sinf yoki guruxga emas,
har bir bolaga ahamiyat beriladigan qilib ishni tashkil etish nazarda tutiladi.
Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko„rsatiladi, uning
qiziqishlari hisobga olinadi. U maqsadda «O„z yulduzingni yoq», «Guldastada
sening guling», «Sen sevgan kitob» kabi o„yinlardan foydalanish mumkin. O„yin
davomida diqqat -e‟tibor birgina bolaga qaratiladi. (Masalan, tug„ilgan kuni
munosabati bilan osmonda yangi yoritilgan yulduz uning nomi bilan ataladi yoki
katta guldasta bayram egasiga yoqadigai gul bilan boyiydi). Sevimli kitob esa sinf
kutubxonasini to„ldirish bilan birga egasining (imzosi)ga ega bo„ladi. Kichik
maktab yoshidagi o„quvchilarning qiziqish va qobiliyatlariga moslashish ularning
badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bilim olish, badiiy hayotiy
masalalalrni hal qilishda o„ziga xoslikni uddaburonlikni, epchillikni
rag„batlantirish nazarda tutilyapti. Shu munosabat bilan bolalarning she‟r va
xikoyalar yozish, yangi raqs o„ylab topish, shirin taom pishirish, biror asbob
yaratish, o„simliklardan shakllar yaratish kabi mustaqil ijodiyot turli yo„llar bilan
rag„batlantirib
borish
taqazo
etiladi.
Emotsional tomonlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Mashg„ulotlar
bolalarda ko„rish va eshitish qobiliyatlarini (materiallar sifatini (fakturasini)
ushlab ko„rib ajrata bilish qobiliyati), sezish tuyg„ularini (hid va ta‟mni ajrata
olish qobiliyatlarini) rivojlantirishga yordam beradi. «Ovchilar», «Hayvonlar» ,
«Izquvarlar»ni o„ynash bolalarga faqat umumiy bilimlarga ega bo„lish ,
masalalarni mantiqan hal eta bilishgina emas, insonga berilgan barcha xis-
tuyg„ular ham muhim ekanligini ko„rsatib beradi. Ularni rivojlantirish o„ta nozik
tuyg„ularning shakllanishiga yo„ldir. Bunga yorqin obrazlarga, san‟at asarlariga,
tabiat bilan zavqlanishga murojaat qilish orqali erishish mumkin. Bolalarda
salbiy, hunuk, yomon narsalarga ham emotsional munosabatini rivojlantirish
lozim.
Bunga ertaklar o„qish, turli sahna ko„rinishlari qo„yish yordam beradi.
Bolaning his tuyg„ulari uning jismoniy rivojlanishi bilan bog„liq bola faoliyatiga
harakat qilishga, o„z xolatini badan harakatlari, imo- ishoralar, raqs orqali
ko„rsatib berishga imkon beruvchi mashqlarni kiritish lozim.
Kursni tashkil qilish va ish shakllari kurs haftasiga ikki soatga mo„ljallangan.
Hafta oxirida ikki soatlik dars o„qish maqsadga muvofiq, bunda bolalar, bir
tomondan, asosiy darslardan ancha dam olishadi, ikkinchi tomondan, keyingi
haftasiga darslarga tayyorlanishadi. Bunday ikki soatlik darsni «Ijod soati».
«Xayol (orzu) darsi» deb nomlash mumkin.
Dars o„tishdagi asosiy shart - sinfda zarur, mos muhitni yaratish: polga gilam
solish, partalar o„rniga qulay bo„lgan stul va kreslolar o„rnini almashtirish.
Mashg„ulot jarayonida bolalar o„z yashash muhitlarini yaratishadi. Yil va chorak
mavzusi «devorlardagi suratlar», «Hayvonot va o„simliklar dunyosi» paydo
bo„ladi, bularni o„quvchilar o„zlari o„ylab topishadn. Buning uchun turli badiiy va
texnik vositalar, ma‟lumot beruvchi nashrlar, ensiklopediyalar, kartalardan
foydalanish mumkin. Ko„pincha vaqtni sinfdan va maktabdan tashqarida
o„tkazish ko„zda tutiladi. Muzey va kutubxonalarda, xiyobon yoki ko„chalarda
o„tiladigan
darslar
odatiy
bo„lib
qoladi.
Integratsiyalangan kurs ustidagi ishlar davom etadi. Tanlangan yo„l juda qiyin
va
mutlaqo
shubhasiz
emas.Qiyin
muammolarni
hal
qilish
lozim.
Bolgariyalik olimlar tabiiy – ilmiy bilimlarni o„z ichiga olgan, 10-12 yoshli
bolalarga mo„ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. Shunday qilib, o„qish,
yozish va og„zaki nutq «til san‟ati»ga tarix, geografiya, fuqoroshunoslik,
jamiyatshunoslik, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, tabiatshunoslikka va shu
kabilarga
birlashtirildi.
Integratsiyaning bunday usulidan to„liqsiz va to„liq o„rta maktablarda
qo„llanidi.
AQSH o„rta maktablarining katta sinflarida o„z ichiga fizika, kimyo,
geografiya, geologiya, kristallografiya, tuproqshunoslik, poletalogiya va shu
kabilarni oluvchi «Yerni o„rganish» fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham
shunday umumlashtiruvchi integratsiyalangan «Fuqoro tarbiyasi» deb nomlangan
kurs katta sinflarda kiritilgan. Shunday qilib, bir qator mamlakatlar tajribalari
ko„rsatishicha, integratsiyalangan kurslar qulay shakli bo„lib qoldi. Maktabda
o„qitiladigan fanlarni bir butun tizimli ravishda o„qitish imkoniyati tug„ilganga
o„xshaydi. Lekin shunday savol tug„iladi: bu kursni qanday o„qituvchi o„qitishi
mumkin. Bunday kurslar yaratilishining o„zi mualliflarning yuqori malakali
jamoani talab qiladi. Uni o„qitish uchun esa yuqori malakagina emas, balki keng
bilimdonlik
kerak.
Bunday
o„qituvchini
kim
tayyorlab
beradi.
Kim shunday murakkab ko„p predmetli o„quv kursini olib boruvchi o„qituvchini
moddiy va ma‟naviy jihatdan qiziqtira oladi?Bu savollar hal qilinmas ekan,
integratsiyaning
bu
usuli
ko„rinarli
natijalar
bermaydi.
Boshlang„ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo„g„in vazifasini
o„qituvchining o„zi amalga oshiradi.U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat
ko„pgina boshlang„ich tushunchalarga va yana ko„pgina narsalarga o„rgatadi. O„z
kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang„ich sinflarda
bir o„qituvchining dars berishini, integratsiyaning bir usuli deb hisoblasak ham
bo„ladi.
Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo„lishi
mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o„girib,
ikkinchisidan barcha darajalarida o„qituvchilarning (psixologik va fiziologik)
yosh xususiyatlarini xisobga oladigan integratsion choralar tuzishni kiritishidir.
Muammoning bunday qo„yilishi integratsiyaning turli ta‟lim pog„onalarida turli
xususiyatlarga ega. Boshlang„ich maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan
yaqin
fanlarni
birlashtirish
asosida
ko„rish
maqsadga
muvofiq.
Ta‟limniig keyingi pog„onalaridan u asosiy fanlarning chegaralarini
birlashtirishga xarakat qiladi. Boshlang„ich ta‟lim-tarbiyani integratsiyalashda
ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar
integratsiyaning
usullarini
belgilab
beradi.
Y.M.Kolegin va O.L.Aleksinko integratsiyaning salbiy omillarini ko„rsatib
beradilar:
O„kuv predmetlarining chegaralangan soni-olinayotgan katta hajmdagi
bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy ko„rinishini, qismlarining o„zaro
bog„liqligini aks ettirish bilan to„ldirish mumkin. Juda muhim bo„lgan o„qish,
yozish va sanoq ko„nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga
bo„linib o„qitishni talab qiladiganga o„xshaydi. Lekin o„qish va matematikaga
o„qitishning an‟anaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat
berali. Bunda o„qish fan sifatida o„z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix,
tabiatshunoslik bo„yicha materiallarni oladi. Matematika, arifmetika, algebraik va
geometrik materiallarini o„z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko„nikmalar
hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha ularni shakllantirishga kafolat beradi.
Robert Karlosning aytishicha, boshlang„ich maktab faqat o„qish, yozish va
sanashni o„rgatibgina qolmasdan, bundan ham muhimroq va kattaroq masalani
amalga oshirish kerak. Chunki har bir bola shakllantirish davrida uning
intellektual faolligini rag„batlantirish, tabiiy qobiliyat singari, uniig keyingi
muvaffaqiyatlari uchun juda muhimdir.
Integratsiyalangan kurslarni shu yoshdagi bolalarga tushunarli va
qiziq bo„lishi uchun bayon qilishning kiyinligi. Bu omilni bartaraf
etishning yo„llari amaliyotda tekshirilgan eng ma‟qul uslublarni ishlab
chiqishda hamda o„qituvchilar tayyorlashning maxsus tizimidadir.
Dostları ilə paylaş: |