Boshlang„ich maktabni integratsiya qilish.
Hozirgi kunda boshlang„ich maktab ta‟limini integratsiya qilish haqida
ko„p gapirilayashti. Bu tushunarli - kichik maktab o„quvchisi atrofdagi olamni bir
butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa
o„quv predmetlarini nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar,
ranglar, hajmlarning turli-tumanligi mavjuddir. Bolalarning tabiat va kundalik
hayotdagi barcha narsalarning bog„liqligini ko„rishga o„rgatish kerakligini
o„qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan ta‟lim integratsiyasi hozirgi zamon talab.
Bu
savol
qanday
yechilishi
kerak,
uning
mohiyati
nimada?
Ta‟limni integratsiyalash fikri xalq ta‟limida tabaqalashtirish va
individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi. Agar kichik maktab
ta‟limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan
mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida
qiziqishlarni faol shakllantirish yetsa, integratsiyanning asosi qilib turli fanlarni
o„rganish obyektlari bo„lgan ba‟zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish,
aniqlashtirish
va
kengaytirish
mumkin.
Ta‟limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang„ich maktabdayoq
tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo„yishi va ularning
rivojlanishi qonunlariga o„z munosabatlarini shakllantirishdir. Mana shuning
uchun kichik maktab o„quvchisi predmet yoki voqealik hodisalarning bir necha
tomondan ko„rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va
ilmiy ommabop maqolada, biolog, so„z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazardan
va
boshqalar.
Asosiy fanlarni o„zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini
tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o„rnatish ta‟limga
integratsiyalashga yondoshuvning metodik asosidir. Bunga turli darslarga
tushunchalarga ko„p marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu
yoshga tushunarli bo„lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.
Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o„tkazish tartibiga ega bo„lgan,
tarkibiga shu o„quv predmetiga tegishli bo„lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har
qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan
darsga boshqa fanlar, boshqa o„kuv predmetlari bilan bog„liq tushunchalar tahlil
qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, «qish», «sovuq», «bo„ron», kabi
tushunchalar o„qish, rus tili, tabiatshunoslik musiqa, tasviriy san‟at darslarida
ko„rib chiqiladi. Tushunchalarning taxlil qilish boshqa o„quv darslarida
o„zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan
hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo„lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket,
o„ziga
xos
o„tish
metodikasiga
ega
bo„ladi.
Umumiy ta‟limning poydevorining qo„yadigan boshlang„ich maktabdagi
ko„p tushunchalar tabiatshunlslik, rus tili, musiqa, tasviriy san‟at va boshqalar
uchun
umumiydir.
Hozirgi kunda bir qator o„quv predmetlari uchun umumiy bo„lgan
tushunchalar orasidagi aloqalarni o„rnatish psixologik va metodik asosiy bo„lgan
integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o„tkazish lozim.
Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o„rgatilishi va zarur
o„qitish
vositalari
bilan
ta‟minlanishi
kerak.
Tekshirish davomida o„quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol
aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash uchun fanlarning
ma‟qul birlashishi, o„qituvchi va o„qšuvchi xarakatlarining mos kelishi,
bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmun, metod, usullarni
tanlash.
Dostları ilə paylaş: |