Novatsiya
1)amaldagi nazariya doirasida
qo „llaniladi.
2) ko „lam va vaqt boyicha
chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4)natija
avvalgi
tizimni
takomillashtiradi.
Ta‟lim jarayoni innovatsiya orqali yuksak saviyada tashkil etilsa bо„lajak
mutaxassislarda intellektual faollik namoyon bо„ladi. Intellektual faolllik esa
bо„lajak mutaxassisning har tomonlama tayyorgarlik kо„rishiga, bо„lajak
faoliyatning ustasi bо„lib yetishishiga yordam beradi. Intellekt (lotincha
intellectus – ya‟ni aql, idrok, zehn) degan ma‟noni anglatadi. Bu degani kishining
bitta bilish faoliyati, tor ma‟noda tafakkuri, fikr yuritish jarayonini shakllantirish
demakdir.
Zamonaviy pedagogikaning vazifasi o„quvchilar inttellektual faolligini
oshirishda ta‟lim jarayoniga yangiliklarni qo„llashni talab etmoqda. Chunki
bugungi kunda ta‟lim jarayonida yangiliklarni joriy etish yaxshi samara
bermoqda.
Talim sohasidagi yangiliklar, ta‟limga yangilik va o„zgartirish kiritish,
mavjudlarini yaxshilash va takomillashtirishni taqozo etadi. Shuning uchun har
doim ham ta‟lim jarayonida qandaydir o„zgarishlar sodir bo„ladi.
Hozirgi davrni jamiyatning barcha sohalari kabi ta‟lim sohasida ham katta
va tezkor o„zgarishlar davri deb atash mumkin. Yangiliklarning turli ko„rinishlari
mavjud. Yangiliklarning turlari asosan metodologik sabablarga ko„ra ajratiladi.
Ta‟lim sohalari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog„liqki, bir sohadagi
yangiliklar, istalgan boshqa sohada yangiliklarni vujudga keltiradi. Shuning
uchun ta‟limning ayrim komponentlarida yangiliklarning joriy etilishi, qo„llangan
yangiliklarning umumiy samaradorligini aniqlashni talab etadi.
Ta‟lim jarayoni yangiliklarini tasniflashda innovatsiya inson faoliyatining
muhim ko„rinishlaridan biri ekanligini hisobga olish lozim. Bu faoliyat jiddiy
chegaralar va bo„linishlardan holi. Yangilikka ta‟lim jarayonining hamma
tushunchalari va aspektlarini kiritish va ularni bir tushunchaga mujassamlashtirish
qiyin. Yangilik ta‟lim mazmunini tashkil qilish jarayonida uning metodologiya va
texnologiyasigasiga ta‟sir qiladi. Lekin shunday bo„lsada ta‟lim jarayonida
qo„llaniladigan yangilikni tasniflash zarur.
Bizning fikrimizcha birinchi asosiy mezon bu yangilikning qanday muhitda
joriy qilishga bog„liq. Ikkinchi mezon yangilikni qo„llashning yo„llari, uchinchisi
yangilik joriy qilish tadbirlarining kengligi va chuqurligi, to„rtinchi mezon –
yangilikning vujudga kelishiga sabab bo„lgan asos.
Ta‟limning qaysi sohasiga yangiliklarning kiritilishi va qo„llanilishiga
qarab, birinchi mezonga quyidagi yangiliklarni kiritish mumkin: 1) ta‟lim
mazmunida, 2) texnologiyasida, 3) tashkil qilishda, 4) boshqarish tizimida.
Yangiliklarni joriy qilishning yo„llaridan qat‟iy nazar ularni quyidagilarga
ajratish mumkin:
а) tizimli, rejali, oldindan o„ylangan;
b)kutilmagan, o„z-o„zidan paydo bo„lgan, to„satdan paydo bo„lgan.
Yangiliklarni joriy qilish tadbirlarining kengligi va chuqurligidan qat‟iy nazar
ularning quyidagi turlarini sanab o„tish mumkin:
a) ommaviy, katta, global, tizimli, keskin, asosli, muhim, jiddiy, chuqur va
boshqalar;
b) qisman, kichik, mayda.
Yangilikning paydo bo„lish xususiyatiga qarab ularni quyidagicha
birlashtirish mumkin: a) tashqi va b) ichki.
Yuqorida ko„rsatilgan xususiyatlar ta‟lim oluvchi manfaatdorligining
yuksak darajasini belgilaydi, natijada ta‟lim jarayonining samaradorligi ortadi.
Faoliyatni innovatsiyalar asosida tashkil eta oladigan pedagogik kadrlar
tayyorlash har doim pedagogika fanining diqqat
markazida turgan muhim
masalalardan bo„lgan.
O„zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko„p asrlar davomida
qo„llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o„ziga xos urf-odatlari va an‟analari,
ta‟lim-tarbiya haqidagi g„oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o„tmishda
ko„plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo„lgan. Hozirgi kunda
bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.
Mutafakkirlar merosini o„rganish natijasida insonning shakllanishida
ilmning ahamiyati katta ekanligining guvohi bo„ldik. Ularda bilim shaxs
taraqqiyotining asosiy manbai ekanligi asoslab berilgan. Shuning uchun ham
ajdodlarimiz bilim o„rgatuvchi ustozga katta ahamiyat berganlar. Bu pedagogik
faoliyatga bo„lgan asosiy talablardan biri edi. Chunki ilm bor joyda rivojlanish,
taraqqiyot bo„ladi, yangiliklarni joriy etishga keng yo„lochiladi.
Sharq uyg„onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiyaqlli, dono
va o„tkir fikrlaydigan kishilar to„g„risida shunday deydi: «Aqlli deb shunday
kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o„tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur
narsalarni
kashf va ixtiro etishda zo„r iste‟molga ega; yomon ishlardan o„zini
chetda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar»
1
. Uning fikricha, «Ta‟lim
so„z va o„rgatish bilanginabo„ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan
o„rganishdir,ya‟ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo„lgan
ish-harakatga, kasb-hunarga berilgan bo„lishidir. Agar ularish, kasb-hunarga
berilgan bo„lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-
hunarga jalb etsa, demak,ular kasb-hunarning chinakam oshig„i bo„ladilar»
2
.
Yusuf Xos Hojib bolaga bilim berib hunar o„rgatishni ularning yoshligidan
boshlash kerakligini ta‟kidlaydi.
3
Bolalarga kasb-hunar va tadbirkorlikni yoshligidan boshlab o„rgatish
masalasi Kaykovusning “Qobusnoma” asarida ham ko„tarilgan. “Ey farzand,
ogoh bo„lki, hunarsiz kishi hamisha foydasizbo„lur va hech kimga naf‟
yetkurmas. Bilursanki, xori mug„ilonning (tikanli buta) tani bordur ammo soyasi
yo„qdur. Hunarsiz kishi ham xori mug„ilon yanglig„ na o„ziga va na o„zgaga
foyda berur”
4
.
O„zbek xalqining ulug„ allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy asarlarida
yosh avlodga bilim berishning turli yo„llari va vositalari haqida tushunchalar
berib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash
xususida to„xtalib o„tgan. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida
Beruniy sxolastik metodlardan voz kechish, dars samaradorligini oshirish
yo„llarini izlash, bolalarning xotirasini rivojlantirish, fikrlashga o„rgatishni
ta‟kidlab o„tgan. “Maqsad gapni cho„zish emas, balki o„quvchini zeriktirmaslik,
chunki, doimo birxil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi.
1
Forobiy. «Fozil odamlar shahri». – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi. 1993. 182-b.
2
Forobiy. «Fozil odamlar shahri». – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi. 1993. 182-b
.
3
О„rtaOsiyopedagogikfikrtaraqqiyotidanlavhalar. – T.: 1996. 159-b.
4
Kaykovus. Qobusnoma. – T.: Istiqlol. 1994. 26- b.
O„quvchi fandan-fanga o„tib tursa, turli bog„larda yurganga o„xshaydi. Birini
ko„rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o„ziga yarasha
lazzat bor deyilganidek ularni ko„rishga qiziqadi va ko„zdan kechirishni istaydi.
Bir xilnarsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi»
5
.
Buyuk sarkarda Amir Temur o„zining o„gitlarida har bir ishni boshlaganda
butun di
qqat, zehn va bor kuchni shu ishga qaratish lozimligini ta‟kidlagan:
«Azmu jazm bilan ish tutdim. Bironishni qilishga qasd qilgan bo„lsam, butun
zehnim, vujudim bilanbog„lanib, bitirmagunimcha undan qo„limni tortmadim».
6
Amir Temur o„z davrida qo„l ostidagilarni tadbirkor, ishbilarmon,
mamlakat obodonchiligi, el-yurt osoyishtaligi uchun hamfikr, hamsuhbat,
yelkadosh bo„lishlarini talab qilgan.
7
Ulug„ mutafakkir va buyuk shoir Alisher Navoiy o„zining “Mahbub ul-
qulub” asarida maktab o„qituvchilari mehnatiga baho beradiva uning mehnati
ancha mashaqqat talab etishini tushuntiradi.
8
Markaziy Osiyo allomalari merosida ilm va uni egallashdagi mahorat
masalalari keng miqyosda talqin etiladi. Bunda albattailm o„rgatuvchining muhim
o„rni ta‟kidlanadi.
Hozirgi davrda ham o„quvchilarni bilim, ko„nikma va malakalarbilan
qurollantirishda o„qituvchining o„rni beqiyos. O„qituvchining muntazam
izlanishi, bilimni o„rgatishning yangi va samarali yo„llarini kashf etishi
o„quvchilar bilimlarni yuqori darajada o„zlashtirishlari, muhim amaliy ko„nikma
va malakalar egallashlariningomili bo„la oladi.
O„qituvchi o„z faoliyatida yangiliklarni muntazam joriy qilishi lozim.
Ta‟lim jarayonida yangiliklarni joriy qilinishi quyidagi holatlarda yuqori samara
beradi:
5
Beruniy. QadimiyxalqlardanqolganyodgorliklarTanlanganasarlar. 1-jild. – Toshkent: 1968. 106-107 b.
6
AmirTemurо„gitlari. – T.: Navrо„z. 1997. 16- b.
7
AmirTemurо„gitlari. – T.: Navrо„z. 1997. 16, 39-40 b.
16
Navoiy. “Mahbubul-qulub” (Qalblarsevgisi) – T .: G„afurG„ulom. 1983. 28-29 b.
1) shaxsiy qiziqtiruvchi omillarga asoslangan bo‘lganda. Talabalar o„quv
jarayoni uchun mas‟uliyatli bo„ladalar, chunki ular o„z ehtiyojlarini yaxshi
biladilar.
2) birinchi navbatdagi ehtiyojlarga javob berganda. Ta‟lim talabalarning
birinchi navbatdagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o„qishga intilish yuqori
darajada bo„ladi.
3) o„quvchilarning jalb etilishini ta‟minlanganda.
O„quv jarayonida sustkashlik bilan emas faol ishtirok etish.
4) mustaqil fikrga asoslanganda.
O„quv jarayoni mustaqil fikrga asoslanganda, u eng katta samara keltiradi;
talabalar bir-birlaridan o„rganadilar.
Dostları ilə paylaş: |