vaziyatga bog„liq xulosalar chiqarish;
o„quvchilarning o„zlari aniq savollar qo„yishi va boshqalar.
Muammoli ta‟lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib
kelmoqda. Jumladan, qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi
Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan.
Muammoli ta‟limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda
Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo„llagan. XX asrning 30 yillarida bu
yo„nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy
etildi.
Muammoli ta‟limning asosiy g„oyasi bilimlarni o„quvchilarga tayyor holda
berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo„yicha o„quv-
tadqiqotlarini bajarish asosida o„zlashtirilishini ta‟minlashdan iborat.
Bugungi kunda, muammoli o„qitish deganda mashg„ulotlarda pedagog
tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan
o„quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o„quvchilar
kasbiy bilimlarga, ko„nikmalarga, malakalarga ega bo„ladilar va fikrlash
qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli o„qitish, o„qitishning shaxsga yo„naltirilgan texnologiyalarga
taalluqli, chunki bu yerda shaxs subekt sifatida qaraladi, muammoli
vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda o„ziga xos qiziqish uyg„otishdir.
Dostları ilə paylaş: