O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q
Katta maktab yoshi – kollej, litsey o„quvchilari (o„spirinlik davri 15-18
yosh). Bu davr o„spirinlarning ilk balog„atga yetgan davridir. Mazkur davrda
jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O„spirin yoshlar
hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini
orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg„ularida ham o„zgarish yuz beradi.
O„z-o„zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish
kuchayadi. Bu davrda ular o„rtasida munozaralar o„tkazish yaxshi natija beradi.
O„spirinlar o„z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o„spirinning barcha
intilishlari ma‟lum maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi zarur. Ularda o„quv fanlarini
tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O„spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o„z
fikrlarini mustahil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta
boshlaydilar. Shunda o„qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g„o„r fikrlari va
dunyoqarashlarini to„g„ri yo„naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o„z-o„zini
anglash, ma‟naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o„zini tutishi, odamlar
bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo„ladi. O„zini kattalardek his etish,
o„ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o„ziga qaratishga harakat
qiladi. Axloqiy muammolarni o„z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi.
Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o„z qiziqishlari bilan o„lchaydilar.
Shu bois ularga katta yoshlilarning beg„araz, to„g„ri yo„nalish berishlari o„ta
muhim.
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning
jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
Albatta, bu borada ta‟lim muassasasida faoliyat ko„rsatayotgan yoshlar
ijtimoiy harakati ta‟siri katta ahamiyatga ega. Chunki o„spirin-yoshlar mustahil
hayot ostonasida bo„lib, ularning bu hayotga to„g„ri qadam qo„yishi uning
jamiyatning faol fuqarosi bo„lishining muhim shartidir.