Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar majmui.
Ko„nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – mashq qilish jarayonida muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning
avtomatlashtirilgan shakli.
Ma‟lumot – ta‟lim-tarbiya natijasini ifodalovchi tizimlashtirilgan bilim, hosil
qilingan ko„nikma va malakalar, shuningdek, tarkib topgan
dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o„sishida namoyon bo„layotgan
miqdor va sifat o„zgarishlarning mohiyatini ifoda etuvchi
murakkab jarayon.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash, unga muayyan
yo„nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga
yo„naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo„lib, ular
asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi
tamoyillari, obyekti va subyektiv omillari aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. «Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
2. Ta‟lim nazariyasi (didaktika) nima?
3. Tarbiya nazariyasi nimalarni o„rganadi?
4. Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va mohiyatini yoriting.
6. qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?
7. Qanday metodlar pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari hisoblanadi.
Test topshiriqlari:
1. Qaysi javob variantida pedagogika fanlari tizimi to„g„ri ko„rsatilgan?
a) umumiy pedagogika, maktabgacha ta‟lim pedagogikasi, korreksion
(maxsus) pedagogika; surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika
va logopediya;
v) umumiy pedagogika, maktabgacha ta‟lim pedagogikasi, korreksion
(maxsus) pedagogika, metodika, pedagogika tarixi, ta‟limni boshharish,
ijtimoiy pedagogika va boshqalar;
s) umumiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, kasb ta‟limi;
d) umumiy pedagogika, metodika, ta‟limni boshharish; axloq-tuzatish
pedagogikasi;
e) barcha javoblar to„g„ri.
2. Mazkur g„oya qanday tushuncha mohiyatini yoritadi: «... shaxsni
tarbiyalash, unga muayyan yo„nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga
yo„naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini
maxsus tekshirish va bilish usullari bo„lib, ular asosida muammoni ijobiy hal
etishga yordam beruvchi tamoyillari, obyekti va subyektiv omillari aniqlanadi»?
a) pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarining;
v) ta‟lim nazariyasining;
s) tarbiya nazariyasining;
d) pedagogik fanlar tizimining;
ye) pedagogika fani vazifalarining.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. O„zbekistonninng o„z istiqlol va taraqqiyot yo„li. –
Toshkent, O„zbekiston, 1992.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining
poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni Barkamol
avlod – O„zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-
matbaa konserni, 1997.
4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent, Xalq merosi
nashriyoti, 1993.
5. Pedagogika g„A.q.Munavvarovaning umumiy tahriri ostida. - Toshkent,
O„qituvchi, 1993.
6. Podlaso„y I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 2. – Moskva, Vlados, 1999.
Dostları ilə paylaş: |