rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan
takomilashtirib borishini ta‟minlashi, harama-harshiliklarning shaxs kamolotini
ta‟minlashdagi o„rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining
ahamiyatini e‟tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni
taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi
xususiyatlarga ega bo„lgan jarayon bo„lib, uning samarali bo„lishi uchun bir qator
shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to„g„ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to„g„ri belgilanganligi;
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh,
psixologik
va
shaxsiy
xususiyatlari,
shuningdek,
shaxs
rivojlanishi
qonuniyatlarining to„g„ri hisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini
bashoratlash;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Dostları ilə paylaş: