O„zlashtirilgan nazariy bilimlar ta‟lim amaliyotini yo„naltirish, ta‟limini
jamiyat tomonidan qo„yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga
imkon beradi. Ta‟lim mazmunini anglab olish, ta‟lim tamoyillari, ta‟lim metod va
vositalarini qo„llash meyorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-meyoriy
hamda konstruktiv-texnologiya vazifani bajaradi.
3. Didaktikaning tushunchaviy tizimi va asosiy kategoriyalari.
Muayyan fanga xos bo„lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy
taraqqiyot jarayonida to„plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar
ikki asosiy guruhga ajratiladi:
1)
falsafiy tushunchalar;
2)
xususiy ilmiy, ya‟ni, muayyan fangagina xos bo„lgan tushunchalar.
Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-
qarshilik”, “bog„liqligi” kabi va boshqa falsafiy tushunchalar ham muhim
ahamiyatga ega. Didaktika tomonidan foydalaniladigan umumfan tushunchalari
orasida “tizim”, “struktura”, “vazifa”, “element” kabilar aloshida o„rin tutadi.
Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: “ta‟lim”,
“dars berish”, “bilim olish”, “ta‟lim jarayoni”, “o„quv fani”, “ta‟lim mazmuni” va
boshqalar.
Didaktikada turdosh fanlarga xos bo„lgan tushunchalar ham qo„llaniladi:
“idrok etish”, “o„zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar
(psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika).
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va
to„ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars o„tish,
bilim olish, ta‟lim, bilim, ko„nikma, malaka, ta‟lim maqsadi, mazmuni, ta‟lim
jarayoni, ta‟lim jarayonini tashkil etish, ta‟lim turlari, shakllari, metodlari va
vositalari, ta‟lim natijasi.
So„nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta‟limning
didaktik tizimi va ta‟lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi
ilgari surilmoqda.
Bilim olish – idrok etish, o„rganish, mashq qilish va egallangan tajriba
asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud
bilimarining o„zgarab, takomillashib, boyib borish jarayoni.
Ta‟lim - qo„yilgan maqsadga erishishga yo„naltirilgan o„qituvchi va
o„quvchining maqsadli o„zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki
tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir. Ta‟lim berish asosida bolani umumiy
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ta‟lim - o„qitish jarayonida
o„quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko„nikma, malaka, fikrlash tizimi.
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar majmui bo„lib, ular
o„quvchining ongida borliq tushunchalari, sxemalar, ma‟lum obrazlar
ko„rinishida aks etadi.
Dostları ilə paylaş: