1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson hayotining
mazmuni sifatida tushuniladi.
2. Faoliyatli yondashuvga asosan madaniyat moddiy va ma‟naviy
boyliklarini yaratishga yo„naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin
etiladi.
3. Shaxsiy yondashuv - madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon
bo„ladi.
Madaniyatga nisbatan turlicha yondashuvlarning
mavjudligi turlicha
paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Har bir paradigma bir qator ta‟limiy muammolarni hal etishga
yo„naltiriladi. Xususan:
- ijtimoiy institut sifatida o„quv muassasalarining vazifalari;
- ta‟limning samarali tizimi;
- o„quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
- ta‟limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
- muayyan bilim, ko„nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1. Bilim olishning an‟anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va
boshqalar)
Unga ko„ra ta‟limning asosiy maqsadi - “Bilim, qanchalik qiyin bo„lmasin
bilim olish”. An‟anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual
rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy
meroslarning muhim elementlari – bilim, ko„nikma va malakalar, ilg„or g„oyalar
va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini
yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta‟lim olish, taraqqiyot va
madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va
boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta‟lim mazmuni emas,
balki o„quvchilar tomonidan turli bilimlarni o„zlashtirilishini ta‟minlovchi
samarali usullari yotadi. Ta‟limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning
ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior - xulqi) konsepsiyasi tashkil
qiladi.
Maktabning maqsadi – o„quvchilarda g„arb madaniyati ijtimoiy qoidalari,
talablari va ko„zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulqiy
repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaqtda, “xulqi” atamasi bilan
“insonga xos hamma ta‟sirlanishlar –
uning fikrlari, sezgi va harakatlari”
ifodalanadi (R.Tayler).
Bunda ta‟limning asosiy metodlari, o„rgatish, trening, test sinovlari,
individual ta‟lim, tuzatishlari bo„lib qoladi. Buning oqibatida, ta‟limninggina
emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi
muhokama qilinmaydi.
P.Blum barcha o„quvchilar faqat o„zlashtiribgina qolmay, balki
muvaffaqiyatli o„qishlari mumkin deb hisoblaydi. O„quvchining optimal
qobiliyatlari ma‟lum
sharoitlarda, o„quvchiga ta‟lim berish natijasi uning sur‟ati
bilan aniqlanadi. Olimning firicha, o„quvchilarning 95 % i ta‟lim muddatlariga
bo„lgan cheklashlar olib tashlanganda o„quv kursining butun muzmunini
o„zlashtirib olishga qodirlar. Ana shu nuqtai nazardan o„quvchilar tomonidan
bilimlarning muvaffaqiyatli o„zlashtirishini ta‟minlovchi metodika ishlab
chiqiladi, uning mohiyati quyidagichadir:
1.
Butun sinf yoki kurs uchun to„la o„zlashtirish etaloni, mezonnini aniq
belgilab olish asosida o„qituvchi ta‟lim yakunida erishilishi kerak bo„lgan aniq
natijalarning ro„yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi.
2.
O„quv birliklari, ya‟ni, o„quv materiallarining yaxlit bo„limlari
ko„rsatiladi, ularni o„zlashtirish
natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta‟sir
ko„rsatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari – tuzatish,
korreksiyalashdan iborat.
3.
To„la o„zlashtirishga yo„naltirilgan har bir o„quv kurs materiallarini
o„zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini o„tkazish. Bu o„rinda har
bir o„quvchiga baho va ta‟lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim.
Predmetlarni bo„sh va o„rtacha o„zlashtiruvchi o„quvchilarning
qobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini
tashkil etadi.
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AqSH va boshqalar) ta‟lim
tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma g„oyalariga muvofiq ish
ko„rilganda 70 % o„quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko„rsatadi.
Yuqorida qayd etilgan ta‟lim yo„nalishlari o„zida insonparvarlik
g„oyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyoqarashining rivojlanishi, shaxsning
rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muhim o„rin
tutishini nazarda
tutmaydi.
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmada (A.Maslou, A.Kombs,
K.Rodjers, L.S.Vo„godskiy va boshqalar) o„quvchini erkin shaxs, ijtimoiy
munosabatlar subyekti sifatida e‟tirof etib, uning o„ziga xos rivojlanish talablariga
egaligini ta‟kidlaydi. . Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo
munosabatlar jarayoniga yo„naltiradi. Ta‟limning fenomenologik (fenomen –
yunoncha phainomenon – hisoblangan, ya‟ni, mashhur, alohida nodir odam)
modeli o„quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib,
ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo„lishni ko„zda tutadi.
Uning vakillari o„quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma
doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta‟lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o„quvchi
hamda o„qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g„oyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz
ta‟lim
tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning
diqqat markazida
o„quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, “erkin
fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni
vaqtda respublika ta‟lim muassasalarida qo„yidagi g„oyalarga amal qilinmoqda:
“Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib
tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o„rganmasa, berilgan ta‟lim samarasi
past bo„lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir”1.
Ezoterik paradigma (yunoncha esoterikos – ichki, sirli, yashirin, faqatgina
biluvchilar uchun mo„ljallangan insonning dunyo bilan o„zaro aloqalari yuksak
darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqatga abadiy va o„zgarmas,
doimiy sifatida munosabatda bo„lishdan iboratdir. Paradigma tarafdorlari
haqiqatni bilib bo„lmaydi deb ta‟kidlaydilar. Unga
faqatgina fahmlash asosida
erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot,
o„quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan
birga, o„qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o„quvchining mavjud
imkoniyatlarini uni ma‟naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga
yo„naltiradi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning
asosiy maqsadi amaliyotni
takomillashtirish asosida o„quvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning
o„zlashtirishlarini ta‟minlash. “Bilim - kuchdir”, shuning uchun insonning
qimmati uning o„rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Odam o„z-
o„zidan qimmatli emas, u faqatgina ma‟lum (o„rtacha, standartlashtirilgan) bilim
yoki xulq egasi sifatida qimmatga ega g„oyalari mazkur paradigmaning asosini
tashkil etadi.
So„nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta‟limni
ijtimoiy institutlar, ya‟ni, maktab va oliy o„quv yurtlardan tashqarida tashkil etish
g„oyasini ilgari suradi. Bu ta‟lim “tabiatda” - Internet, “ochiq maktablar” –
kompyuterlar vositasida ta‟lim dasturlariga (masofadan o„qitish) muvofiq o„qitish
samarali deya hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: