3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
tashabbusi
bilan amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or
xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan “2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayniqsa, ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining faoliyatini
yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,
tabiiy resurslaridan foyda-
lanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning davlat boshqaruvini
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjat-
lariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi, davlat boshqaruvi
mahalliy idoralari amalga
oshiradilar. Ular bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni
idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, ya’ni ma’lum bir tabiiy
resursni idora etuvchi organlarga bo‘linadi. Yana bir muhim
vazifalardan biri bu chet davlatlar bilan ekologik hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish yoki ekologik muammolarni hal qilish uchun chetdan
investitsiyalar olib kirish shuningdek, chet davlatlarda olib borilayotgan
ekologik muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralarni
o‘rganib chiqib, o‘zimizda bizga moslarini
tanlab amalga oshirish
bugungi kunning talabi hisoblanadi.
XXI asrda dunyo iqlimida mutlaqo kutilmagan o‘zgarishlar yuz
bermoqda, ammo hali hamon Global isishni tan olmagan bir guruh
mutaxassislar uchun iqlimning bema’ni qiliqlari hazilga o‘xshab
tuyulmoqda. Keyingi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq
kataklizmalar uzluksiz bo‘lib bormoqda. Masalan, zilzilalar, tayfunlar,
toshqinlar, keskin sovuqlar, yuqori haroratlar tabiatga va insonlarga
qanchalar katta zarar keltirmoqda. Hozirgacha
olimlar va insonlar
kosmik va geologik jarayonlarning iqlim o‘zgarishiga ta’sirini aniq
tushunib etganlari va unga baho berishganlari yo‘q. Chunki iqlim
o‘zgarishi haqida dunyo olimlarining fikri turlicha, kimdir iqlim sovub
4
ketishidan bashorat qilsa, yana kimdir iqlim o‘zgarib ketayotganini
asoslashadi.
Ammo keyingi yuz yilda havo haroratining
isib borishi oli ngan
ma’lumotlarga ko‘ra aniq bo‘lib qolmoqda. Chunki keyingi yuz-yilda
iqlim o‘zgarishi davomli bo‘lib qolmoqda. Yerdagi iqlim o‘zgarishini
kimdir astronomik jarayonlar ta’sirida siklichni holda deb bilsa, yana
kimdir antropologik omillar ta’si rida Global isish bormoqda deydi.
Aslida Yerimiz o‘z hayot jarayonida bir necha marta Global isish va
sovush fazalarini boshidan kechirganligi isbotlangan. Endilikda
fiziklar, astrofiziklar, kosmologlar, gelioseysmologlar, astroseysmo-
loglar va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha shug‘ullanadigan
olimlarning
ma’lum qilishicha, kosmik jarayonlarning yer shariga ta’siri juda katta.
Ammo inson bu jarayonga ta’sir qilolmaydi, yer sharida bo‘ladigan turli
hodisalarga tayyor bo‘lishi kerak degan fikrni olg‘a suradi.
Iqlim o‘zgarishi bugun Ona yerimizga ochiqdan ochiq tahdidi
qilmoqda, buni keyingi o‘n yillik yoz oylarida bo‘lib o‘tayotgan
voqealardan ochiqdan ochiq ko‘rish mumkin bo‘lmoqda.
Bugun yer sharininig Shimoliy qismida ochiqdan ochiq issiq
Dostları ilə paylaş: