2
UO‘K: 502.3(075)
KBK 20.1ya7
Yo-67
Yo-67 D.Yo.Yormatova, X.S.Xushvaqtova. Ekologiya va
tabiatni muhofaza qilish. – T.: «Fan va texnolo-
giya», 2018, 200 bet.
ISBN 978–9943–11–892–8
Mazkur darslikda Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi,
ekologik omillar, ekologik tizimlar, populyatsiyalar ekologiyasi, ekotizimlar,
biosfera haqida ma’lumot,
sanoatdagi ekologik jarayonlar, atrof-muhitni
tozalash
usullari, atrof-muhitning ifloslanish darajasi va boshqa mavzular
tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq yoritilgan.
Hozirgi zamon ekologiyasining atmosferani, oqar suvni, tuproqni zaharli
gazlar va chiqindilardan muhofaza qilish jarayonlari bayon etilgan. O‘zbekis-
tondagi ekologik holat bugungi kun ma’lumotlari bilan bog‘lab berilgan.
Darslikka iqlim o‘zgarishi,
global isish va ekologik xavf, uning oqibatlari
to‘g‘risida alohida yangi bob kiritilgan. Darslikda respublikada mavjud 9 ta
qo‘riqxona, 2 ta milliy bog‘ va Ekojayron
markazi haqida PROON ning
ma’lumotlari asosida mavzu berilgan. Tuproq, suv, o‘simliklar va hayvonlarni
himoya qilish monitoringi misollar bilan keng yoritilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining gumanitar, san’at, dizayn, moliya, biologiya,
texnika, iqtisod, islom universiteti va shu soha bo‘yicha ta’lim olayotgan boshqa
yo‘nalish talabalari hamda atrof-muhit himoyasiga qiziqqan barcha mutaxas-
sislarga mo‘ljallangan. Shuningdek, darslikdan ekologiya fani o‘qitiladigan kollej
oʻquvchilari, magistrantlar, ilmiy xodimlar foydalanishlari mumkin.