Kampyuter tizimlari


Shinalar va ularning turlari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104759
1   2   3   4
kom.t.e

3.Shinalar va ularning turlari 
PCI Express shinasi. PCI Express texnologiyasining mohiyati, parallel shinalar o‘rniga, 
ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni amalga oshiruvchi ko‘p sonli turli xil qurilmalarni, 
yuqori tezlikka ega ma’lumotlarni ketma-ket tarzda uzatib beruvchi boglanishlar bilan 
almashtirshdan iboratdir. Bu ISA/EISA/PCI shinalarida amalga oshirilgan shinali 
topologiyadan, lokal kompyuter tarmoqlarining topologiyasiga, ya’ni kommutatsiyalanadigan 
Ethernet texnologiyasi topologiyasiga o‘tishni anglatadi. PCI Express, kompyuter tarkibiga 
kirgan qurilmalar - protsessor, asosiy xotira va ma’lumotlami kiritish chiqarish qurilmalarini 
bog‘lovchi, universal kommutator rolini bajaradi. PCI Express ning kofiguratsiyasi 5.10-
rasmda keltirilgan. 5.11-rasmda esa PCI Express ning protokollar steki va paketining formati 
keltirilgan.
USB shinasi. PCI va PCI Express shinalari yuqori tezliklarga ega tashqi qurilmalarni 
bog‘lash uchun ishlab chiqarilgan. Ma’lumotlami uzatish tezliklanri nisbatan past bo‘lgan 
qurilmalar - sichqoncha, klaviatura va printer kabi qurilmalar uchun, PCI va PCI Express 
shinalaridan foydalanish unchalik to‘g‘ri bo‘lmay qoldi. 1993 yili ettita kompaniyaning 
vakillari (Compaq, DEC, IBM, Intel, Micro-Microsoft, NEC i Nothern Telecom), past 
tezliklarga ega qurilmalar uchun, to‘g‘ri keladigan optimal shinani ishlab chiqish maqsadida 
birga to‘plandilar. Keyinchalik ularga boshqa yana ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar ham 
qo‘shildilar. Natijada, shaxsiy kompyuterlarda hozir juda keng qo‘llanilayotgan USB 
(Universal Serial Bus, rus tilida - универсальная последовательная шина) - ma’lumotlami 
ketma-ket uzatuvchi universal shina ishlab chiqildi. 


PCI Express tizimining standart joylashishi. 
PCI Express ning protokollar steki (a) va paketining formati (б). 
USB shinasi, asosiy shinaga ulanadigan ildiz konsentratordan (rus tilida - корневой 
концентратор или корневой хаб, root hub) iboratdir (12.8-rasmga qaralsin). Ushbu 
konsentrator ma’lumotlami kiritish-chiqarish qurilmalari yoki boshqa qo‘shimcha 
konsentratorlarning kabellarini ulash uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalari (raz’yomlariga) 
ega. Foydalanuvchi yanglishib, kabelni noto‘g‘ri ulab qo‘ymasligi uchun, kabelning 
konsentratorga ulanadigan konnektori, uning qurilmalarga ulanadigan konnektoridan farq 
qiladi. 
USB shinasining kabeli – to`rtta o‘tkazgichdan iborat, ulardan ikkitasi ma’lumotlami 
uzatish uchun, bittasi ulanadigan qurilmalarni kuchlanish bilan ta’minlash uchun (+5V), 
qolgan bittasi - esa erga ulanish uchun mo‘ljallangan. Ushbu tizimda - 0 raqami, 
kuchlanishning o‘zgarishi bilan, 1 raqami esa kuchlanishdagi o‘zgarishning yo‘qligi bilan 
uzatiladi. Ketma-ket uzatilayotgan nollar - bir xil vaqt oraliklarida takrorlanayotgan impulslar 
oqimini hosil qiladi.USB shinasida ma’lumotlami uzatish - kompyuter tarmoqlaridagi kabi, 
kadrlarni almashinish asosida amalga oshiriladi. 12.11-rasmda USB shinasining asosiy 
konsentratori har bir millisekund oralig‘ida, unga ulangan qurilmalarga uzatib turadigan 
kadrlari keltirilgan. 


Xulosa  
Ushbu mustaqil ishda kiritish chiqarish kanallari ma’lumotlatmni almashishini shinalarning vazifasini aniq 
haqida menda to’liq tushuncha
paydo bo’ldi. 
Shu bilan birga kompyuterni tashkil etish fanidan bilimlarim yanada chuqurlashdi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin