Kampyuter tizimlari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104759
  1   2   3   4
kom.t.e



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 

MUXAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
“KAMPYUTER TIZIMLARI” KAFEDRASI 
KOMPYUTERNI TASHKIL ETILISHI fanidan 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu: «Kiritish chiqarish kanallari» 
 Bajardi: KI ATS 2107-guruh 
Talabasi:Aliqulov Usmonali
Qabul qildi: Sattarov.M.A


Reja: 
1)Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari 
2)Kiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi
3)Shinalar va ularning turlari 
1. Zamonaviy kompyuter yoki kompyuter tizimi uchta asosiy tashkil etuvchilardan 
iborat: - protsessor; xotira (asosiy va yordamchi xotira); ma’lumotlami kiritish-chiqarish 
qurilmalari (klaviatura, monitor, printer, modemlar). Ma ’lumotlarni kiritish-chiqarish 
arxitekturasi deganda - ma’lumotlami kiritish-chiqarish 
qurilmalarini (MKCHQ), kompyuterning boshqa qurulmalar nilan qanday
bog‘langanligi va 
ular o‘zaro qanday ma’lumotlar almashinishi tushuniladi. Kompyuterning asosiy platasida 
(rus tilida - материнская плата) - protsessorning mikrosxemasi, asosiy xotira modullari 
bo‘lgan DIMMlar uchun mo‘ljanangan ulanish nuqtalari (rus tilida - разъёмы) va turli xil 
yordamchi mikrosxemalar bilan birga - shinalar ham joylashgan bo‘ladi.Kompyuterga 
ma’lumotlami kiritish-chiqarish jarayonlarini tushunib olish uchun quyidagi chizmalar bilan 
tanishib chiqamiz. 
Har bir ma’lumotlami kiritish-chiqarish qurilmasi ikki qismdan tashkil topgan 
bo‘ladi: kontroller (nazorat qiluvchi) va MKCHQning o‘zi. Har bir kontroller o‘ziga tegishli 
bo‘lgan MKCHQni boshqarishni va uning shinaga murojaat qilish jarayonini nazorat qilib 
turadi. Masalan, biron-bir dastur magnitli diskdan (vinchesterdan) ma’lumotlami o‘qib olishi 
kerak bo‘lsa, u disk kontrollerini bu haqida ogoxlantiradi va diskka kerakli ma’lumotni 
qidirib topish buyrug‘ini yuboradi. Diskning ma’lumotlar yozilgan yo‘lkasi va sektori 
topilgandan so‘ng, disk kontrollerga ma’lumotlami bitlar oqimi ko‘rinishida uzata boshlaydi. 
Kontrollerning vazifasi - kelayotgan bitlar oqimini ma’lum bir uzunlikdagi (8, 16, 32 yoki 64 
bitli) so‘zlarga aylantirib, xotiraga yozish hisoblanadi [1,2]
.
Shinalar, nafaqat MCHTQ 
konterollar tomonidan balki protsessor tomonidan, buyruqlar va ma’lumotlami uzatish 
uchun ishlatiladi.8051 protsessorining mikrosxemasi va undagi ulanish nuqtalarining 
belgilanishi (ulanish nuqtalarining soni40-ta). 
Shaxsiy kompyuteming mantiqiy strukturasi. 


 ISA (Industry Standard Architecture, rus tilida - стандартная промышленная 
архитекархитектура) - ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan stamdart arxitektura. 
EISA (Extended ISA, rus tilida - расширенная стандартная промышленная архитектура) 
- ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan ken- gaytirilgan imkoniyatlarga ega. PCI (Peripheral 
Component Interconnect,rus tilida взаимодействие периферийных компокомпонентов) - 
tashqi tashkil etuvchi qurilmalarni o‘zaro birgalikda ishlashini ta’minlovchi shina. PCI 
shinasining ko‘pgina turli xil konfiguratsiyalari mavjud. PCI shinasining keng tarqalgan va 
ko‘p qo‘llanilgan xil.Ushbu konfiguratsiyada markaziy protsessor, asosiy xotiraning 
kontrolleri bilan, alohida ajratilgan yuqori tezlikka ega shina orqali bog‘langan, ya’ni bu 
holatda protsessor va xotira o‘rtasida ma’lumot almashinish PCI-shina orqali emas, 
balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri (rus tilida - непосредственно) amalga oshirilgan. Yuqori tezlikka 
ega bo‘lgan tashqi qurilmalar, masalan SCSI-disklar PCI-shinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. 
PCI-shina nisbatan sekin ishlaydigan va avval ishlab chiqarilgan qurilmalarni ulashda 
qo‘llaniladigan ISA-shinasi bilan parallel ulangan. Bunday kompyuterlar platalarining PCI 
va ISA-shinalarida 3-ta yoki 4- tagacha bo‘sh qoldirilgan ulanish joylari ham bo‘lgan. PCI-
shinalarining ma’lumotlarni uzatish tezligi hozirda - 528 Mbayt/sek ga yetkazilgan. 
Monitor ekrani sig‘dira oladigan nuqtalar - piksellar hajmining oshib borishi sababli 
(1600x1200 nuqta), shinalarning ma’lumotlar almashinish tezliklarini oshirish yo‘llari izlana 
boshlandi. Natijada aynan monitor bilan ishlash uchun mo‘ljallangan - AGP (Accelerated 
Graphics Port, rus tilida - ускоренный графический порт) - grafik ma’lumotlarni uzatish
ONA PLATANING KO’RONOSHI 
tezligi oshirilgan port shinasi ishlab chiqildi. Bunday shinaning AGP 3.0 versiyasining 
tezligi 2,1 Gbaytga etkazildi. 


Bu tizim tarkibida juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va uning beshta asosiy tashkil 
etuvchilarini o‘zaro birlashtirilgan-shinalar aro ko ‘prik mavjud. Ushbu ko‘prik - protsessor, 
asosiy xotira, grafik adapter, ATAPI kontrolleri va PCI-shinalarni o‘zaro bog‘laydi. Ba’zi 
hollarda ushbu ko‘prik yordamida, Ethernet texnologiyasi mansub tarmoq platalari va 
boshqa yuqori tezlikka ega qurilmalarni ham ishlashini ta’minlash, amalga oshiriladi.
Zamonaviy kompyuterlarning shinalari va ularning ishlash tamoillari
Kompyuter texnikasi va texnologiyalarining rivojlanishi davomida, keng va ko‘p vaqtlar 
davomida qo‘llanib kelingan hamda hozirda ham keng qo‘llanilib kelayotgan shinalar 
sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: Omnibus (PDP-8), Unibus (PDP-11), Multibus 
(8086), IBM PC (PC/XT), ISA (PC/AT), EISA (80386), MicroChannel (PC/2), PCI (turli 
xildagi shaxsiy kompyuterlarda), SCSI (turli xildagi shaxsiy kompyuterlarda va ishchi 
stansiyalarda), Nubus (Macintosh), Universal Serial Bus (zamonaviy shaxsiy 
kompyuterlarda), Fire Wire (maishiy elektronika qurilmalarida), VME (fizika xonalaridagi 
qurilmalarda) va Samas (yuqori energiyalar fizikasi qurilmalarida). Ushbu o‘quv 
qo‘llanmada ISA, PCI, PCI Express va USB shinalariga oid ma’lumotla keltirilgan. Avval 
ta’kidlaganimizdek, zamonaviy kompyuterlarda ma’lumotlami parallel va ketma-ket tarzda 
uzatuvchi shinalardan foydala- nilmoqda [1,2,26].
Ma’lumotlami parallel tarzda uzatuvchi shinalar:
1)Boshqarish signallari uchun mo‘ljallangan liniyalar (chiziqlar);
2)Adreslar uchun mo‘ljallangan liniyalar; 
3)Ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan liniyalardan iborat bo‘ladi.
Shinaga ulangan biron-bir qurulma, masalan - protsessor, boshqa bir qurilmadan, 
masalan - asosiy xotiradan, ma’lumot olishi (yoki unga uzatishi) uchun, avval boshqarish 
signallari yordamida uni ogohlantiradi. Protsessor asosiy xotiradan ma’lumotlami 
o‘qimoqchi bo‘lsa, MREQ (xo- tiraga murojaat qilish) va RD (xotiradan o‘qish) kabi 
boshqarish signallari bilan unga murojaat qiladi. Ushbu signallardan so‘ng, xotiraning 
o‘qilishi kerak bo‘lgan adresi, shina orqali unga uzatiladi. Adresni uzatish parallel tarzda 
amalga oshiriladi - 16 bit (64 Kbaytli xotira uchun), 20 bit (1 Mbaytli xotira uchun) va 32 bit 
(4 Gbaytli xotira uchun). Ma’lum bir vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng (T
3
siklining yarim davri) 
asosiy xotiradan o‘qilgan ma’lumotlami protsessor tomonidan qabul qilib olish amalga 
oshiriladi. Parallel tarzda qabul qilinayotgan ma’lumotlarning uzunliklari - 8, 16, 32, 64 yoki 
128 bit bo‘lishi mumkin.Ushbu jarayon sinxron va asinxron tarzda amalga oshirish mumkin 
ya’ni kompyuter shinalarining sinxron va asinxron xillari mavjud. 
2.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin