Buxgalteriya hisobi


-m o d d a. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

5-m o d d a. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi
standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi
standartlari bilan, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari
uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan
belgilanadi.


252
Banklarning buxgalteriya hisobi va hisobotni tartibga solish
Markaziy bank tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6-m o d d a. Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
– buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usuli yuritish;
– uzluksizlik;
– xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi;
– aniqlik;
– hisoblash;
– oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik);
– mazmunning shakldan ustunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
– moliyaviy hisobotning betarafligi;
– hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
7-m o d d a. Buxgalteriya hisobini tashkil etish
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa
va tashkilot rahbari amalga oshiradi.
Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
– bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil
etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan
foydalanish;
– buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan
buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan
xo‘jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga
yuklash;
– buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart:
– ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
– xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini;
– buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini;
– hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini;
– tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini;
– soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini;
– hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini.


253

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin