Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix02.05.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#106337
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
MICROSOFT WINDOWS OPERATSION TIZIMI BILAN ISHLASH ASOSLARI

Правка menyusidan Время и дата buyrug‘ini bering yoki F5 
funksional tugmasini bosing. Vaqt va sana avtomatik ravishda quyiladi. 
Bloknot dasturini o‘zgarishlarni saqlamasdan yoping. 
Kiritish uchun matn
Hozirgi zamonda biror bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni 
kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bulishi uchun 
kompyuter savodxon bo‘lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamok 
lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashdan qat’iy nazar, o‘z 
vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab 
chikaruvchi vositalar va ularni ishlatish uslubiyatini bilish va ishlash 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil 
Respublikamizda ta’lim soqasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, 
jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Kadrlar tayyorlash tizimi 
va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti 
istiqbollaridan, jamiyat ehtijlaridan, fan, madaniyat, texnika va 
texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta 
qurish nazarda tutiladi” deb ta’kidlangan.
9-laboratoriya ishi 
Mavzu:  «WordPad» dasturi
Maqsad: «WordPad» dasturidan foydalanish ko‘nikmalarini hosil 
qilish. 
Topshiriq
1. 
WordPad dasturini ishga tushiring (Пуск – Программы – 
Стандартные – WordPad). Вид menyusini oching va barcha 
bayroqchalarni (agar o‘rnatilmagan bo‘lsa) o‘rnating. Bu yerdan Вид - Па-
раметры bo‘limiga kiring va o‘lchov birligi qilib santimetrni tanlang. Файл 
menyusining Параметры страницы bo‘lmiga kiring. Qog‘oz o‘lchamini A4, 
chegaralarni: chapdan 2,5 sm, qolganlariga – 1,5 sm qilib o‘rnating. 


22 
2. 
Ilgari Bloknot dasturida yaratilgan «Labaratoriya ishi №1» 
faylini oching. Butun matnni belgilang va WordPad dasturiga nusxa olib 
quying. Bloknot dasturini yoping. 
3. 
Birinchi gapdan keyin kursorni quying va ENTER tugmasini 
bosing (matnning qolgan qismi bir qator pastga tushadi). Birinchi gapni 
belgilab oling. Format menyusining Shrift buyrug‘ini bering va qo‘yidagi 
parametrlarni o‘rnating: полужирное начертание, цвет текста – крас-
ный, выравнивание по центру. Pastdagi abzatsni quyidagicha belgilab 
oling: sichqoncha ko‘rsatkichini abzatsning chap tomonidagi maydonga 
quyib ikki marta ketma-ket bosing. Natijada butun abzats belgilanadi. 
So‘ngra formatlash panelidan quyidagi parametrlarni o‘rnating: начерта-
ние полужирный курсив (V va I (yoki J va K) tugmachalarini bosing), 
shrif o‘lchami 14 pt. Endi lineyka yordamida birinchi qator siljiting: 
kursorni yuqoridagi kichikina uchburchakcha ustiga quyib sichqoncha 
yordamida o‘ng tomonga 1,5sm ga torting. Bu amalni Format menyusini 
Abzats bo‘limi orqali ham qilish mumkinligiga ishonch hosil qiling. 
4. 
Kursorni yangi qatorga quying. Format menyusining Табуля-
ция buyrug‘ini bering va uchta pozitsiyani o‘rnating: 5sm, 10 sm, 15 sm. 
Endi o‘z familiyangizni kiriting va TAB tugmasini bosing, guruh nomerini 
kiritib yana TAV tugmasini bosing, tug‘ilgan yilingizni kiritib ENTER 
tugmasini bosing. Yuqoridagi amallarni turli familiyalarni kiritib takrorlab 
ko‘ring. 
5. 
Kursorni yangi qatorga quying. Format menyusining Marker 
buyrug‘ini bering. Bir necha so‘zni ENTER orqali kiriting: sizning 
matningiz markerlangan ruyxat ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Uni Формат 
menyusining Маркеры buyrug‘i bilan olib tashlang. 
6. 
Quyidagi matnni kiriting: 
W operatsion sistemasi dunyoda eng keng tarqalgan operatsion 
sistema bo‘lib, uni W 3.1., W 95, W 98, W 2000, W XP kabi versiyalari 
mavjud. W ning keyingi versiyalari avvalgilaridan imkoniyatlarining 
kengligi, turli amaliy dasturlarining mavjudligi bilan farqlanadi
Правка menyusining Заменить buyrug‘ini bering. Что satriga W ni 
kiriting, Чем satriga Windows so‘zini kiriting. Найти далее tugmasini 
bosing so‘ngra Заменить tugmasini bosing. Agar birdaniga matndagi 
barcha so‘zlarni almashtirmoqchi bo‘lsangiz Заменить все tugmasini 
bosing. 
7. 
Bu faylni Мои документы papkasidagi Laboratoriya ishlari 
papkasiga «Labaratoriya ishi №2» nomi bilan saqlab quying. WordPad 
dasturini yoping. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin