4
1 -
ISH STOL - ekranning bo‘sh sohasi, uning ichida har xil dasturlar
o‘zining oynasida bajariladi
2 -
PAPKA va YORLIKLAR - har xil dasturlar va fayllar belgilari, ular
yordamida shu dasturlar ishga tushiriladi yoki shu fayllar ochiladi
3 -
DASTUR OYNALARI - dastur bajariladigan oyna
4 -
PUSK MENYUSI - (WINDOWS ning asosiy
buyruqlari joylashgan
menyusi, ular yordamida Windows ustidan har xil amallarni bajarishimiz
mumkin
5 -
VAZIFALAR SATRI - aktiv dasturlar va fayllar nomlarni
ko‘rsatuvchi tugmalar joylashadi va ulardan
yordamida bittasidan
boshqasiga tezkor o‘tish taminlanadi
6 -
KO‘RSATKICHLAR SOHASI - vaqt va kun haqida ma’lumotlar,
klaviatura, til standarti, tovush balandligi, printer,
ekran va boshqa
qurilmalar hamda har xil dastur belgilari joylashadi, ular yordamida shu
qurilmalar xususiyatlarini yoki shu dasturlar
ishlash holatlarini
o‘zgartirishimiz mumkin.
Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar alohida
o‘zining oynasida bajariladi. Oyna - bu ekranning chegaralgan to‘rtburchak
sohasi.
Oynaning asosiy qismlari:
NOM SATRI -oynaning eng yuqoridagi qismi. Bu satrda
dastur belgisi,
fayl nomi va dastur nomi, oynaning uchta asosiy tugmalari joylashgan
bo‘ladi. Shu satrga sichqoncha bilan bosib turib, harakatlantirsak, u holda
oynani ekranda joyini o‘zgartirish mumkin.
MENYU SATRI - oynaning bu satri asosan nom satri tagida joylashadi
va shu satr yordamida dasturning hamma buyruqlari
bilan ishlashimiz
mumkin, chunki bu satrda hamma buyruqlar saralanib guruhlarga
bo‘lingan.