Reja: I. Kirish. I-bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti



Yüklə 56,97 Kb.
səhifə1/9
tarix30.03.2023
ölçüsü56,97 Kb.
#91328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-sinfda uyushiq bo‘laklarni o`rgatish uslubiyoti .


Mavzu: 4-sinfda uyushiq bo‘laklarni o`rgatish uslubiyoti .
REJA:
I.Kirish.
I-Bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti.
1.1. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish.
1.2. O‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi xususiyatlari.
II-Bob. Uyushiq bo`laklarida tinish belgilari.
2.1. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi.
2.2. Uyushiq, bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi.
II.Xulosa.
III. Fydalanilgan adabiyotlar.


MUNDARIJA:
I.Kirish………………………………………………………………………
I-Bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti………………………….
1.1. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish………………….
1.2. O‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi xususiyatlari………….
II-Bob. Uyushiq bo`laklarida tinish belgilari………………………….
2.1. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi……………………..
2.2. Uyushiq, bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi………………………………..
II.Xulosa…………………………………………………………………….
III. Fydalanilgan adabiyotlar………………………………………………

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Bo‘lajak o‘qituvchi oldiga oldida til qoidalari va qonuniyatlarini yaxshi bilish, kasbga oid fan asoslari bilan atroflicha tanishish, o‘zlashtirish talabi qo‘yilgan. Bu talab “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash miliy dasturi haqida”gi Qonunlar, qolaversa Davlat ta’lim standartlarida aniq va ravshan belgilab qo‘yilgan. Chunki til qoidalarini yaxshi tushunish va bo‘lajak o‘qituvchiga ravon va to‘g‘ri, mustaqil fikrlash imkoniyatlarini keng ochadi. “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”1 .
O‘quvchilarning savodxonligini oshirish ularning bilim ko‘lamini chuqurlashtirishimizda asosiy omil bo‘ladi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish orqali ularning og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.
O‘mumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan maxsus o‘quv dasturining asosiy talablaridan biri o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilish faolligini oshirishdir. Bularni amalga oshirish uchun o‘quvchilarni til hodisalari haqida o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza qilishga muhokama yuritishga, xulosa chiqarishga o‘rgatadigan samarali metod va usullardan foydalanish talab etiladi. Yangi mavzuni tushuntirishda til materialini kuzatish, tahlil qilish, uning muhim belgilarini aniqlash, taqqoslash, guruhlash va umumlashtirish usullaridan foydalanildi.
Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlay olish qobiliyatini, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish orqali belgilanadi. O‘zbek tilining sintaktik qurilishida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rganish masalasi atroflicha ishlanishni talab qiluvchi, nazariy va amaliy qimmati katta bo‘lgan dolzarb masalalaridandir.


Yüklə 56,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin