Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix02.05.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#106337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
MICROSOFT WINDOWS OPERATSION TIZIMI BILAN ISHLASH ASOSLARI

WINDOWS XR OPERATSION SISTEMASI
.

Umumiy ma’lumotlar. Ekran. Oyna tushunchasi. Sichqoncha bilan 
bajariladigan amallar.
 
Operatsion tizim - bu maxsus bir dastur. Bu dastur asosiy 
vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi 
o‘rtasida muloqotni o‘rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash 
va ular bilan muloqotni o‘rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular 
ishlash holatlarini ta’minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Mi-
crosoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining 
Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. 
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi 
tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981 
yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 
dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan - 
Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 
yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. 
Windows dasturning taniqli bo‘lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni 
soddaligi, ko‘p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. 
Boshqa operatsion tizimlarga o‘xshab Windows dasturi ham kompyuter 
xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. 
Windows yuklangandan keyin ekranning asosiy ko‘rinish havola 
kilinadi. Ekranning asosiy qismlari: 



1 - ISH STOL - ekranning bo‘sh sohasi, uning ichida har xil dasturlar 
o‘zining oynasida bajariladi 
2 - PAPKA va YORLIKLAR - har xil dasturlar va fayllar belgilari, ular 
yordamida shu dasturlar ishga tushiriladi yoki shu fayllar ochiladi 
3 - DASTUR OYNALARI - dastur bajariladigan oyna 
4 - PUSK MENYUSI - (WINDOWS ning asosiy buyruqlari joylashgan 
menyusi, ular yordamida Windows ustidan har xil amallarni bajarishimiz 
mumkin 
5 - VAZIFALAR SATRI - aktiv dasturlar va fayllar nomlarni 
ko‘rsatuvchi tugmalar joylashadi va ulardan yordamida bittasidan 
boshqasiga tezkor o‘tish taminlanadi 
6 - KO‘RSATKICHLAR SOHASI - vaqt va kun haqida ma’lumotlar, 
klaviatura, til standarti, tovush balandligi, printer, ekran va boshqa 
qurilmalar hamda har xil dastur belgilari joylashadi, ular yordamida shu 
qurilmalar xususiyatlarini yoki shu dasturlar ishlash holatlarini 
o‘zgartirishimiz mumkin. 
Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar alohida 
o‘zining oynasida bajariladi. Oyna - bu ekranning chegaralgan to‘rtburchak 
sohasi. 
Oynaning asosiy qismlari: 
NOM SATRI -oynaning eng yuqoridagi qismi. Bu satrda dastur belgisi
fayl nomi va dastur nomi, oynaning uchta asosiy tugmalari joylashgan 
bo‘ladi. Shu satrga sichqoncha bilan bosib turib, harakatlantirsak, u holda 
oynani ekranda joyini o‘zgartirish mumkin. 
MENYU SATRI - oynaning bu satri asosan nom satri tagida joylashadi 
va shu satr yordamida dasturning hamma buyruqlari bilan ishlashimiz 
mumkin, chunki bu satrda hamma buyruqlar saralanib guruhlarga 
bo‘lingan. 




Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin