ВСТАТИТЬ - xotirada joylashgan ob’ektni shu oynaga qo‘yish.
ВСТАВИТЬ ЯРЛЫК - xotirada joylashgan ob’ektgacha yorliqni shu
oynaga qo‘yish.
ОТМЕНИТЬ - oxirgi harakatni bekor qilish.
СОЗДАТЬ - shu oynada yangi papka, yorliq yoki har xil yangi faylni
yaratish.
СВОЙСТВА - tanlangan disk, papka, fayl yoki yorliqning
xususiyatlarini ko‘rish.
10
1- laboratoriya ishi
Mavzu: Windows ishchi stolining tuzilishi. Papka (Jild) oynasining
tuzilishi. Diolog oynasining tuzilishi.
Maqsad:
Windowsning
asosiy
elementlari
bilan
ishlash
ko‘nikmalarini hosil qilish.
Topshiriq:
1.
Windowsning ishchi oynasi qanday ataladi? (Windowsning
asosiy ishchi oynasini Ish stoli (Рабочий стол) deyiladi).
2.
Belgi (Значок) deb nimaga aytiladi? (Belgi – ob’ekt haqida
aniqroq tasavvur beruvchi narsa).
3.
Windowsning ish stoli qanday asosiy boshqaruv elementlaridan
iborat? (Пуск tugmasi va Vazifalar paneli (Панель задач)).
4.
Пуск tugmasi qayerda joylashgan? (Пуск tugmasi odatda
ekranning pastki chap burchagida joylashgan bo‘ladi).
5.
Пуск tugmasi qanday asosiy bo‘limlardan iborat? (Программы;
Документы; Настройка; Поиск; Справка; Выполнить; Завершение ра-
боты).
6.
Vazifalar paneli kayerda joylashgan? (Odatda bu ekranning
pastki qismida joylashgan gorizontal qator bo‘lib, undan chapda Пуск
tugmasi joylashgan).
7.
Indikatsiya paneli qayerda joylashgan? (Indikatsiya paneli
Vazifalar panelini o‘ng tomonida joylashgan bo‘lib, unda ko‘p
foydalanishga to‘g‘ri keladigan asosiy indikatorlar belgilari joylashgan
bo‘ladi. Masalan bu yerda vaqtni ko‘rsatuvchi indikator joylashgan bo‘ladi.
11
8.
Kontekstli menyu nima? (Kontekstli menyu – bu ob’ekt ustida
bajariluvchi buyruqlarni o‘zida saqlovchi boshqaruv elementi).
9.
Darcha (oyna) nima? (Darcha – Windowsning asosiy ob’ekti).
Darchaning qanaqa turlari mavjud? (Papkalar darchasi; ilova darchasi; Dia-
log darchasi; ma’lumotlar sistemasi darchasi).
10. Мои документы darchasini oching. (Belgi ustida sichqonchani
ikki marta ketma-ket bosish).
11. Nom qatori qayerda joylashgan?
12. Darcha o‘lchamlarini qanday o‘zgartirish mumkin? (Darcha
o‘lchamlarini sichqoncha chap tugmasini darchaning chetiga bosib quyib
yubormasdan tortib o‘zgartirish mumkin).
13. Darchani yopadigan tugmacha kayerda joylashgan? (Darchani
yopadigan tugmacha darchaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan bo‘lib,
sichqoncha bilan bir marta bosish darchani yopadi ).
14. Darcha o‘lchamlarini o‘zgartiradigan tugmacha qayerda
joylashgan (Darcha o‘lchamlarini o‘zgartiradigan tugmacha darchaning
yuqori o‘ng burchagida joylashgan bo‘lib, sichqoncha bilan bir marta
bosish darchani butun ekran bo‘yicha kattalashtiradi
. Bundan so‘ng
tugmacha darchani oldingi holatga qaytaruvchi tugmacha bilan
almashinadi.
).
15. Darchani yig‘iq holatga keltiruvchi tugmacha kayerda
joylashgan? (Darchani yig‘iq holatga keltiruvchi tugmacha darchaning
yuqori o‘ng burchagida joylashgan bo‘lib, sichqoncha bilan bir marta
bosish darchani yig‘ib quyyadi, lekin bunda darcha yopilmaydi
. Bunda
masalalar panelida darchani yana avvalgi holatiga qaytaruvchi tugmacha
qoladi).
16. Menyu qatorida nima joylashgan? (Menyu qatori darchaning
yuqori qismida joylashgan
).
17. Darchaning holat qatori qayerda joylashgan? (Darchaning eng
quyi qismida).
18. Darchani ko‘rish chizg‘ichlari qayerda joylashgan? (Darchani
ko‘rish chizg‘ichlari gorizontal va vertikal yo‘lakchalar bo‘lib, unda
harakatlanuvchi yugurdakcha mavjud).
|