Agrar jamiyatlarda iqtisodiyot qishloq xo'jaligiga
asoslanadi, asosiy sotsial institutlari
armiya va cherkovlar
(maschitlar) hisoblangan.
Industrial jamiyatlarda iqtisodiyot sanoat va
ishlab chiqarishga asoslanadi, asosiy tashkilotlar
koorporatsiya va firmalar bo'lib,insonlar intiladigan
qadriyat pul hisoblanadi. Jamiyatni
mulkdorlar
boshqaradi.
Postindustrial jamiyatlarda barcha sohalarda
yetakchi kompyuter texnologiyalaridan keng ko'lamda
foydalaniladi, asosiy tashkilotlari
universitetlar
bo'lib,asosiy qadriyat va insonlar intiladigan narsa bilim va
malaka hisoblanadi. Jamiyatni ziyoli
va yuqori intellektual
salohiyatga ega insonlar boshqaradi
Jamiyatning tuzilishi quyidagicha:
1.
Totalitar jamiyat (lot. umumiy, butun, jamiki) -
avtoritar shakllaridan biri. Jamiyat hayotining barcha
sohalari ustidan yalpi nazorat o'rnatiladi.
2.
Avtoritar jamiyat (lot. boshlovchi, asoschi, ijodkor,
muallif) -demokratik bo'lmagan siyosiy
rejimga
asoslangan yoki siyosiy ongning avtoritar shakli. Bu
siyosiy hukmronlik qilishning o'ta reaksion
davlat
tizimi. shaxsning diktatorlik elementlari bilan
uyg'unlashib ketadi.
3.
Demokratik jamiyat (yunon. xalq hokimiyati) -
xalqning hokimiyat manbayi ekanligi, davlat ishlarini
hal qilishda qatnashishini bildiradi. Ijtimoiy tuzilma -
jamiyatning ijtimoiy asosini tashkil qiladi.
Sotsial o'zaro ta'sir va
munosabatlarning
birlamchi agenti bo'lib shaxs hisoblanadi.
shaxsning kim ekanligini bilish uchun “inson”,
“individ”, “shaxs” tushunchalarining
chegaralarini aniqlab olish kerak bo'ladi.