Международный научный журнал № 1 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI века» август, 2022 г
229
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING
RIVOJLANISHI
Davletova Rimajon
Ajinyoz nomidagi Nukus davlat Pedagogika instituti 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Maqolada
kichik
maktab
yoshidagi
bolalarning
psixologik
xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma’lumot beriladi,Jumladan maqolada kichik maktab
yoshidagi bolalarning maktabga tayyorgarlik jarayonida sodir bo'ladigan psixologik
o’zgarishlar, haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so’zlar: Kichik makatab yoshi ,Shaxsiy tayyorgarlik,intellektual tayyorgarlik,o’quv
faoliyatiga tayyorgarlik,harakat tayyorgarligi.psixik faollik.
Kichik maktab yoshidagi bolalar 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar bo’lib ular
boshlang’ich sinf o’quvchilari hisoblanadi.Bu yillarda bolaning hayoti va faoliyatida muhim
o’zgarishlar ro’y beradi.Binobarin ularning psixikasida ham o’zgarishlar
sezilarli darajada
bo’ladi.Bolaning maktabga kirishi uning hayotida burulish chog’idir. Bola maktabga kirib
o’qiy boshlashi bilanoq uning hayotida asosiy faoliyat o’qish bo’lib qoladi.
Maktabda bola tizimli ravishda yangiliklar oladi,bu o’quvchilarning
kundan kunga
orttirib borayotgan hilma-xil mavzudagi bilimlarning manbayidir.Bolaning bilimlarni
sistemali tarzda o’zlashtirishi natijasida undagi bilimning doirasi kengayib boradi,aqliy
jarayonlar rivojlanadi shu bilan bir qatorda bolaning emotsional-irodaviy
xususiyatlari
qayta tarkib topib rivojlana boshlaydi.Maktabdagi ta’lim jarayonining o’zi bolaning
sezgi,idrok,tafakkur,nutq va diqqatlariga yangi talablar qo’yadi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning yuqorida ko’rsatilgan hilma-xil qiziqishlari bilan bir
qatorda individual qiziqishlari ham tug’ula boshlaydi.Ba’zi o’quvchilar rassomlikka ko’proq
qiziqsalar,ba’zilari musiqa sheriyatga muhabbat qo’yadilar.
Kichik maktab yoshidagi
bolaning muhim xususyatlaridan biri,unda o’ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir.Bu
ehtiyojlar o’z mohiyatiga ko’ra faqat muayyan bilim ko’nikma va malakalarni egallashga
qartilmay,balki o’quvchanlik istagi aks ettirishda ham iboratdir.
Kichik maktab yoshdagi bolalar tez chalg’iydilar, uzoq vaqt
diqqatlarini bir narsaga
qarata olmaydilar ta’sirchan hamda emotsional bo’ladilar.Kichik maktab yoshidagi o’quvchi
faolligining asosan uch xil ko’rinishi mavjud bo’lib ular jismoniy,ijtimoiy va psixik,
faollikdir.
Jismoniy faollik-sog’lom organizmning harakat qilishga bo’lgan turli mavjud
to’siqlarni yengishda tabbiy ehtiyojdir.
Psixik faollik-bu normal
rivojlanayotgan bolaning
atrof olamdagi predmetlarni,insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir.