Yangi oʻzbekistonning tinchlikparvar tashqi siyosati kibriyo Abdullayeva Abdumalik Ubaydullayevich Qoriyev



Yüklə 429,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix03.05.2023
ölçüsü429,3 Kb.
#106742
1   2   3   4   5
yangi-o-zbekistonning-tinchlikparvar-tashqi-siyosati

www.scientificprogress.uz
 
Page 17
undan koʻzlangan asosiy maqsad davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini 
mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil 
qo’shnichilik 
muhitini 
shakllantirish, 
mamlakatimizning 
xalqaro 
nufuzini 
mustahkamlash hisoblanadi.
Harakatlar strategiyasini ushbu ustuvor yoʻnalishini amalga oshirishda quyidagi 
vazifalarga alohida e’tibor qaratildi: 

davlat mustaqilligi va suverenitetini mustaxkamlash, mamlakatning halqaro 
munosabatlar to’la huquqli sub’ekti sifatida o’rni va rolini kuchaytirish, rivojlangan 
demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va 
ahil qo’shnichilik mintaqasini vujudga keltirish; 

O’zbekiston Respublikasining halqaro nufuzini mustahkamlash, jahon 
hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni 
yetkazish;

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini 
normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish; 

davlat chegarasining demilitatsiya va demarkatsiya masalalarini
hal etish. 
Ushbu vazifalarni bajarishga shaxsan Prezidentni oʻzi boshchilik qilib kelmoqda. 
Bunga 2017-2021 yillarda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, 
Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston kabi davlatlarga uyushtirilgan 
davlat tashriflari ham tasdiqlab turibdi.
Oʻzbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat oʻtkazishi uchun keng 
imkoniyatlar vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini 
mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida 
xolis axborotni yetkazish maqsadida 2017 yil 19 sentabrda boʻlib oʻtgan Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining 72-sessiyasida Oʻzbekiston Prezidenti ishtirok etdi. Unda 
Prezidentimiz tomonidan soʻzlangan ma'ruza Oʻzbekistonni dunyo mamlakatlari orasida 
koʻhna va navqiron davlat sifatida oʻz oʻrni va mavqeiga ega ekanligini isbotladi. 
Mamlakatimizni ahil qoʻshnichilik siyosati ham oʻz oʻrnida amalga oshirib 
borilmoqda. Hususan, davlat chegarasining demilitatsiya va demarkatsiya 
masalalarini hal etish borasida qoʻshni Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston 
Respublikasiga qilgan davlat tashriflari muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek ushbu 
davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yuzga yaqin 
shartnomalar imzolandi. Bu esa, davlatimiz va xalqimizni bir jipsligidan, aniq bir 
maqsad yoʻlida faoliyat olib borayotganligidan, mamlakatimizning oʻziga xos tinchlik 
siyosatini jahonga namuna qilib koʻrsatayotganligidan, xalqaro hamjamiyatni strategik 
hamkorlikni davom ettirishga chorlayotganidan dalolat berib kelmoqda. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 429,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin