Yosh Tadqiqotchi Jurnali ISSN: 2181-3132 Vol. 1 No. 4 (2022) scientific journal impact factor 4.7 So‘zlashiv uslubi. Kundalik hayotda, ko‘cha-ko‘yda, maktabda, jamoat joylarida kishilarning
fikr almashish jarayonida qo‘llaniladigan nutq uslubi.Bu uslub adabiy va oddiy so‘zlashuv
uslublariga bo‘linadi. Ma’lum adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan,tartibga solingan uslub
adabiy so‘zlashuv uslubi,adabiy til me’yorlariga har doim ham amal qilinavermaydigan erkin
muloqot shakli oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlovchi bu uslubda nutqiy vositalarni tejashga, ya’ni
qisqartirishga harakat qiladi. So‘zlashuv nutqidagi sodda gaplar ko‘pincha fe’l bilan ifodalangan
kesimning yo‘qligi bilan xarakterlanadi.
–
Dars ikkinchidan ( bizning darslarimiz ikkinchi sentabrdan boshlanadi).
Ba’zan so‘zlashuv uslubida shevaga xos so‘zlar, qo‘pol so‘zlar kuzatiladi, bu so‘zlovchining
madaniy nutqda oqsoqlanishidan darak beradi.
Badiiy uslub: Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali ifodalovchi, shu yo‘l bilan
tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi uslub.Badiiy uslubning o‘ziga xosligi shuki, unda adabiy tilning
barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga olishi, o‘zbek shevalari, kasb-hunarga doir leksik birliklar,
bugungi kunga kelib iste’moldan chiqqan tarixiy so‘zlar qahramonlar nutqi orqali namoyon bòladi.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush”dramasidan parcha
Domla: – Shariat ilmi va zaruriyati diniya bilmoq uchun boyvachchani o‘qutmak , albatta, sizga
lozimdur.
Boy: – Shariat ilmini o‘qutmakni lozim bilmayman, chunku ani mufti yo imom va muazzin
qilmoqchi emasman. Azbaski, davlatim anga yetar.
Ilmiy uslub: Til birliklarining fan doirasida ,ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi bu uslubning
shakllanishiga asos bo‘ladi. Ilmiy uslubda ham fikr aniq bo‘lishi kerak.Ilmiy uslubning janr
xususiyatlari ham mavjud. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanmasi, ma’ruza matni, referat
kabilar shu janr ko‘rinishlari. Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslangan
fikrni aniq izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy islub deyiladi. Ilmiy uslub ikki guruhga
bòlinadi. 1)sof ilmiy uslub 2) ilmiy-ommabop uslub.
Ilmiy uslubga misol: