PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-2, January–2022
275
O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH
IMKONIYATLARI
Firuz Safarov
BuxDUPI boshlang‘ich ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti
Nodira Xudoyberdiyeva
BuxDUPI boshlang‘ich ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Nilufar Xolmurodova
BuxDU PI boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi
Ma`lumki, nutq o‘stirish maktabda ona tili o‘quv predmetining asosiy vazifasi
hisoblanadi. Biroq bu vazifa boshqa o‘quv predmetlari doirasida ham amalga
oshiriladi. Jumladan, o‘qish darslari jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun
ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Bizningcha, bu imkoniyatlar quyidagilardan iborat:
1. O‘qish kitobidagi matnlarni o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
o‘zi uchun notanish bo‘lgan ko‘plab so‘zlar va ularning ma`nosini o‘rganadi, ya`ni
ularning so‘z boyligi oshadi. O‘qituvchi bunday so‘zlarni izohlash bilan
kifoyalanmay, o‘quvchilarga ular ishtirokida so‘z birikmasi, gap ham tuzdirsa,
yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. SHunday qilinsa, yangi so‘zlar
o‘quvchilarning faol lug‘atiga kiradi.
2. Badiiy asarlarda so‘zning ko‘chma ma`noda qo‘llanishi ko‘p uchraydi. Badiiy
matnda ko‘chma ma`noda qo‘llangan so‘zlar ustida quyidagicha ish olib borish
mumkin:
1) matndan ko‘chma ma`noda qo‘llangan so‘zni topish. O‘qituvchi bu ishni
o‘quvchilarning o‘ziga bajartirsa, o‘quvchining mustaqil fikrlashi va faolligi ortadi;
2) ko‘chma ma`noda qo‘llangan so‘z ma`nosini izohlash. Bunda so‘zning
ko‘chma ma`nosi o‘z ma`nosi bilan qiyoslab tushuntiriladi. Masalan, quyidagi she`r
parchasida charos so‘zi ko‘chma ma`noda qo‘llangan:
Yorib chiqdim tuxumni,
Shunday shovvoz jo‘jaman.
Dostları ilə paylaş: |