CHARACTERISTICS OF TEACHING IN COOPERATION IN THE ORGANIZA-TION
OF LEARNING SITUATIONS IN PRIMARY EDUCATION
Boymurodova G. T.
Doctor of Pedagogical Sciences, Associate Professor, TVXTXQTMOI.
Tosheva N. T.
PhD, Bukhara State University
Annotation. This article discusses the specifics of collaborative learning in ensuring the quality
and effectiveness of primary education, as well as the professional competence of the teacher in the
organization of learning situations that develop cognitive activities, the specifics of primary education.
special attention is paid to the methodology. The pedagogical and psychological aspects of improving
primary education are widely covered.
Keywords: primary education,
collaborative learning, learning situations, pedagogical-
psychological features, teacher-student collaboration, synergetic learning, subject, individual naltified
education.
Uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatini yanada takomillashtish bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biridir. Ayniqsa, ta’lim kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni to‘liq qamrab olgan boshlang‘ich ta’lim
tizimining samaradorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning yosh pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olib o‘qitish, motivatsion
jarayonlarni hosil qilish, dastlabgi davrdan
boshlab ularda vatanparvarlik, insoniylik, do‘stlik,
birdamlik hamda odob-axloq qoidalarini singdirib borish kabi ijobiy xususiyatlarni shakllantirishnig
optimal yo‘llardan biri hamkorlikda o‘qitishdir.
Ma’lumki, barcha darvrlarda o’qituvchi bilan o‘quvchi hamkorligi o’ta dolzarb masalalardan
bo’lib, pedagogikada sinergetik ta’lim deb yuritilmoqda.
Pedagogik sinergetika XXI asrda ta’lim-tarbiya jarayoni sub’ektlari hamkorligini ta’minlashga
ko’maklashadigan yangicha yondashuv sifatida talqin etilgan. Markaziy Osiyo mutafakkirlari
al-Buxoriy, at-Termiziy,
Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, al-Forobiy, ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniyning ilmiy-nazariy
merosida hamkorlik, do’stona munosabat masalasiga alohida e’tibor
qaratilgan va ijtimoiy hamkorlik muammosining ijtimoiy-psixologik jihatlari hamkorlikdagi faoliyat
ko’rinishi tarzida bayon etilgan hamda ilmiy jihatdan ma’lum darajada asoslangan.
Sinergetik ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, o‘quvchi-o‘qituvchi hamda
o‘quvchi-o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini uyg‘unligini ta’minlab beradi. Ayniqsa
boshlang‘ich ta’lim birgalikda ish olib borish samaradorlikni ta’minlash bilan birga o‘quvchilar
o‘rtasida birgalikdagi harakatni yuzaga keltiradi, natijala qisqa vaqt ichida tezroq natijaga erishiladi.
Shuningdek o‘quvchilar o‘rtasida o‘rtog‘lari yordamida o‘zlashtirish ko‘nikmalari ham shakllanadi.
Sinf jamoasidagi bu faoliyat ijobiy xislatlarni va munosabatlarni tarkib toptirishga ko‘maklashadi.
O‘quvchilar bilish jarayonidagi o‘zaro faol harakatni yuzaga keltirishda hamkorlikda ishlashning
mohiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi dars jarayonini tashkil etishda va
o‘quvchilarni hamkorlikdagi faoliyatlarini yuzaga keltirishda kasbiy
kompetenligi va metodik bilim,
ko‘nikma va malakalari asosiy o‘rinni egallaydi. Buning uchun o‘qituvchining boshqaruvchilik
faoliyati nihoyatda zarurdir. O‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini boshqarish holatini vujudga keltiradi.
Bu jarayon o‘quvchi o‘z faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgunga qadar uzluksiz
tarzda davom etadi. O‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi. Bunda asosan
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2020 йил №1)
87
o‘quv predmetini o‘zlashtirish imkoniyati ta’minlanadi. Bu jarayonda o‘qituvchining vazifasi –
o‘quvchining mayllarini hisobga olish, rejalashtirish, uning faoliyatini nazorat qilish va tuzatish kabi
uzviy bog‘langan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
O‘rganish o‘quvchiga o‘z hatti-harakatiga ishonch tug‘diradi. Bunda o‘quvchining bilish
faoliyatini rivojlantirish orqali erishishda hamkorlikda o‘qitish asosiy o‘rinni egallaydi. Bugungi
kunga kelib aksariyat o‘quvchilar o‘z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganliklarining guvohi
bo‘lamiz. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar. Ular o‘quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatga
ko‘proq qiziqadilar. Buning sabablaridan biri o‘quvchilar
maktabga borar ekanlar, o‘qituvchilar
va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e’tiborini qozonishga harakat qiladilar. Bu muammoning
yechimi uzluksiz ta’limning o‘ta muhim masalalaridan biri bo‘lib, o‘quvchi maktabga kelib o‘qish
istagini amalga oshirish uchun o‘zlashtirish darajasi muhim ahamyatga ega. O‘quvchilar jamoasida
birgalikda erishish, ya’ni kichik guruhlarada ishlash davomida tezroq va natijali amalga oshadi.
O‘rtoqlari ko‘magi orqali guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi hamda jamoasi yutug‘iga o‘z hissasini
qo‘shish hissi shakllanadi. Bu motivatsiya keyingi faoliyatga ishonch va intilish, hamkorlikda ishlash
ko‘nikmalariga ijobiy munosabatlarini yuzaga keltiradi.
Muvaffaqiyat har bir o‘quvchi erisha olishi uchun qulay bo‘lgan o‘quv vaziyatini vujudga keltirish
orqali ta’minlanadi. Mutaxassislar o‘quv vaziyatida o‘quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning
rivojlanishida muhim o‘rin egallashini ta’kidlab kelmoqdalar. Agar o‘quvchiga o‘quv vaziyatida
muvaffaqiyat qozanish imkoniyati berilsa u hayotda ham o‘ziga to‘g‘ri yo‘l tanlay oladi.
O‘quv vaziyatini vujudga keltirish o‘quvchining bilish faoliyatini
rivojlantirish uchun keng
imkoniyatlar yaratishini didaktlar har tomonlama asoslashga harakat qilmoqdalar. Agar o‘quvchi
bilishga intilsa, bilim olishga ehtiyoj sezsa, ularda sog‘lom mayllar va qiziqishlar hosil bo‘ladi va ular
bilish jarayonida muvaffaqiyat qozonadilar. O‘quvchida hosil bo‘lgan bilish, ijod qilish, muloqotga
kirishish quvonchi uning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi asosiy omildir. Bu esa
o‘qituvchi faoliyatining mazmun-mohiyatini oshirish imkonini beradi va o‘qituvchi hamkorlikdagi
faoliyat orqali har bir o‘quvchi uchun muvaffaqiyat qozonishga yo‘naltirilgan o‘quv vaziyati
hosilbo‘ladi.
Sinergetik ta’lim orqali o‘quvchilarda quyidagi bilish faoliyati shakllanadi:
- bilish qiziqishlari ortib boradi;
- o‘quv maqsadlariga erishish jadallashadi;
- shaxsiy bezovtalik va hissiy
barqarorlik yuzaga keladi;
- yutuqlarni qo‘lga kiritish va muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi;
- intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik rivojlanadi;
- shaxsiy tajribalar hamdako‘nikmalar ortib boradi;
- shaxsiy tajriba hamdabilim yanada takomillashadi.
Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatida yangicha sifat o’zgarishlarining
shakllanishi va namoyon bo’lishiga ko’maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki,
u ta’lim jarayoni sub’yektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg’unlashtirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishning zarur sharti – muayyan o‘quv vaziyatlarida
o‘zlarini mustaqil boshqarishlarida namoyon bo‘ladi. Bu ularning o‘z xulq-atvorlarini boshqarishlarida
yaqqol aks etadi. Faoliyat xarakteri va amalga oshirish sharoitlariga bog‘liq holda qo‘yilgan maqsadga
erishishga yo‘naltirilgan ixtiyoriy quvvatlar namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv jarayoni
sub’yekti sifatida shakllanishlari ularda ruhiy bilish imkoniyatini tarkib toptirmasdan amalga oshirib
bo‘lmaydi. Birinchi navbatda tafakkur, o‘zi haqida o‘ylash imkoniyatining vujudga kelishi, o‘z-o‘zini
nazorat qilishi, o‘z-o‘zini baholashi o‘quvchilarda aqliy faoliyat operatsiyalarining shakllanganligidan
Dostları ilə paylaş: