Bakterial entomopatogen preparatlarni ajratib olish texnologiyasi



Yüklə 259,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix04.05.2023
ölçüsü259,4 Kb.
#107572
  1   2
1540-Article Text-3234-1-10-20210628



Bakterial entomopatogen preparatlarni ajratib olish 
texnologiyasi 
 
F.A.Mustafaqulova 
F.A.Davlatova 
O.U.Turg’umboyev 
M.I.Mamedova 
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada entomopatogen bakteriyalar orasida keng 
ishlatiladigan BT-preparatining hashoratga nisbatan verulentligi, atrofdagi flora va 
faunaga beziyonligi, zararkunandaga ancha tez ta’sir etishilari jihatidan ajralib turishi 
xaqida so’z yuritilgan
Kalit so’zlar: mikrob, biopreparat, zararkunanda, toksin 
Technology of isolation of bacterial entomopathogenic drugs 
F.A.Mustafaqulova 
F.A.Davlatova 
O.U.Turgumboyev 
M.I.Mamedova 
Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnology 
Abstract: This article discusses the differences between BT-drugs, which are 
widely used among entomopathogenic bacteria, in terms of their verulence against 
insects, their vulnerability to the surrounding flora and fauna, and their rapid response 
to the pest. 
Keywords: microbe, biopreparation, pest, toxin 
Sanoat ishlab chiqarishi bo’yicha ishlab chiqariladigan mikrob preparatlari 
orasida bakterial preparatlar keng tarqalgandir. Ular hashoratga nisbatan verulentligi, 
atrofdagi flora va faunaga beziyonligi, zararkunandaga ancha tez ta’sir etishilari 
jihatidan ajralib turadi. 
Shu paytgacha tadqiq qilingan entomopatogen bakteriyalar orasida keng 
qo’llanilishi nuqtai nazaridan grammusbat bakteriya Bas. thuringiyensis ni keltirib 
o’tish mumkin. Bu bakteriya hashorat ichiga kirgandan so’ng, u hashoratni karaxt 
qilib qo’yadigan sporalar hosil qilishdan tashqari, o’sish jarayonida qator toksik 
birikmalar ishlab chiqaradi, bu birikmalarining bo’lishi esa, muayyan bakteriyalar 
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
153


negizida ishlab chiqariladigan preparatlarning samaradorligini oshiradi. Bakteriyalar 
tomonidan ishlab chiqariladigan toksik preparatlar orasida quyidagi to’rt xil 
komponentni alohida ko’rsatib o’tish mumkin: 
1. Alfa-ekzotoksin, yoki fosfolipaza S-bakteriyalarning o’sayotgan hujayralarini 
mahsuloti. 
Bu 
fermentning 
toksik 
ta’siri 
hashoratlar 
to’qimalaridagi 
almashinmaydigan fosfolipidlaning parchalanishini indusirlaydi va bu narsa o’z 
navbatida modda almashinuvini izdan chiqaradi, eng so’nggida esa hashoratning 
o’limiga olib keladi; 
2. Beta-ekzotoksin, yoki termostabil toksin. Bakteriyani o’stirish suyuqligida 
hujayravni o’sishiga mos holda yig’iladi. Toksin tarkibiga o’zaro teng nisbatda 
adenin, riboza va fosfat kislota kiradi. Beta-kirgandan so’ng, u hashoratni karaxt qilib 
qo’yadigan sporalar hosil qilishdan tashqari, o’sish jarayonida qator toksik birikmalar 
ishlab chiqaradi, bu birikmalarining bo’lishi esa, muayyan bakteriyalar negizida 
ishlab chiqariladigan preparatlarning samaradorligini oshiradi. Bakteriyalar 
tomonidan ishlab chiqariladigan toksik preparatlar orasida quyidagi to’rt xil 
komponentni alohida ko’rsatib o’tish mumkin: 
1. Alfa-ekzotoksin, yoki fosfolipaza S-bakteriyalarning o’sayotgan hujayralarini 
mahsuloti. 
Bu 
fermentning 
toksik 
ta’siri 
hashoratlar 
to’qimalaridagi 
almashinmaydigan fosfolipidlaning parchalanishini indusirlaydi va bu narsa o’z 
navbatida modda almashinuvini izdan chiqaradi, eng so’nggida esa hashoratning 
o’limiga olib keladi; 
2. Beta-ekzotoksin, yoki termostabil toksin. Bakteriyani o’stirish suyuqligida 
hujayravni o’sishiga mos holda yig’iladi. Toksin tarkibiga o’zaro teng nisbatda 
adenin, riboza va fosfat kislota kiradi. Beta-ekzotoksinni nukleotidning riboza va 
glyukozaning allosliza kislotasi bilan birgalikdagi birikmasi deb taxmin qilinadi. 
Toksinning hashoratga ko’rsatadigan ta’sir spektri juda keng, ayniqsa uning 
rivojlanishini dastlabki davrida Bas. thuringiyensis ishlab chiqaradigan boshqa 
toksinlarga qaraganda uning ta’siri sekinroq bo’ladi va odatda hashoratning bir 
rivojlanish davridan boshqasiga o’tishda yuz beradi. Ko’p to’liq rivojlanish davri : 
tuxum - lichinka - qurt – g’umbak – kapalak sikliga ega bo’lgan hashoratlar uchun 
subletal dozali zaharlanishlar qayd qilingan. Hashoratlarning rivojlanish bosqichlari 
bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar, beta-ekzotoksinni mutagen ta’sirga ega ekanligini, 
u hashoratlarni gen apparatini ishdan chiqarishini tastiqlaydi; 
3. Gamma-ekzotoksin, kam o’rganilgan komponent, hali identifikasiyalanmagan 
ferment (yoki fermentlar guruhi). Uning toksikligi ishonchlilik darajasida 
isbotlanmagan; 
4. Sigma-enzotoksin, yoki parasporal endotoksin. Bakteriyani sporalanish 
jarayonida spora shakllanadigan qismiga qarama-qarshi bo’lgan qismida hosil 
bo’ladi. Spora hosil bo’lish jarayonini nihoyasida bu toksin to’g’ri sakkiz qirrali 
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
154


kristall shakliga o’tadi. Kristallarning sintezi stasionar fazada 3 soatda amalga oshadi. 
Kristallarning kimyoviy tarkibida an’anaviy elementlar va aminokislotalar tarkibiga 
kiruvchi: karbon, azot, vodorod, kislorod, oltingugurtdan tashqari yana 19 xil element 
bo’ladi. Kristallar oqsildan tashkil topgani va har xil shtammlardan olingan 
preparatlarning aminokislota tarkibi bo’yicha o’zaro o’xshashligi isbotlangan.
Kristalning tuzilmaviy butunligi aftidan oqsilning kremniy bilan bog’langanligi 
bilan bog’liq. Kristall oqsilning kimyoviy tabiati jihatidan spora po’sti oqsiliga 
o’xshash. Spora po’stida oshiqcha miqdorda oqsil hosil bo’lishi natijasida shu xildagi 
kristall hosil bo’ladi degan taxmin bor. Bu kristall oqsilning hashoratga qanday 
mexanizm orqali ta’sir etishi aniqlangan. Hashorat o’lishi uchun kristallar uning 
organizmiga kirishi kerak.
Kristallar qurt tomonidan yutilgandan keyin u oziqlanmay qo’yadi. Ko’p 
xollarda sigma-toksinning birlamchi ta’sir ko’rsatadigan ichak qismi uning o’rta 
qismi hisoblanadi. Kristallarga nisbatan reaksiyasiga qarab hashoratlarni uch guruhga 
bo’lish mumkin: 
- umumiy paralich (falaj); 
- ichakning o’rta bo’limini paralichi (falaji); 
- kristallarga nisbatan moyillikka ega emas, lekin yaxlit preparatga nisbatan 
sezgirlikni namoyon qiladi.
Ko’p hashoratlar uchinchi guruhga kirib: endotoksin ta’sirida o’lmasdan, balki 
sporalarning o’sishi va bakteriyalarning keyingi bosqichda jadal ko’payishi natijasida 
nobud bo’ladilar. 

Yüklə 259,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin