"umumiy entomologiya va zoologiya"



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix04.05.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#107615
1   2   3   4   5   6   7   8
umumiy entomologiya va zoologiya

 
 
O„simliklar va qishloq xo„jaligi 
mahsulotlari karantini 
kafedrasi o„ qituvchisi: U.Rasulov


KIRISH 
Zoologiya (zoo va logiya) — hayvonlar toʻgʻrisidagi fan, biologiyaning
bir sohasi. Zoologiya hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy 
taraqqiyotini, 
hayvonlarning 
tuzilishi, 
hayot 
kechirishi, 
tarqalishi, 
rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini 
oʻrganadi. Zoologiya keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil 
fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro 
oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni 
sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini 
morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va 
evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan 
hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional 
rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot 
dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda 
yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit 
bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi 
funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy
tarkibini 
oʻrganadi. 
Tekshirish obʼyektlariga binoan ham Zoologiya bir kancha fanlarga 
ajratiladi. Maye, bir hujayralilarni protozoologiya, yaʼni protistologiya
parazit chu-valchanglarni gelmintologiya, mollyuskalarni malakalogiya,
qis-qichbaqasimonlarni karsionolo-giya, oʻrgimchaksimonlarni araxnologiya, 
kanalarni akarologiya, hasharotlarni entomologiya, baliklarni ixtiologiya, 
qushlarni ornitologiya, sut emizuvchilarni teriologiya oʻrganadi. 


Zoologiya boshqa biologiyalari fanlari hamda tibbiyot, veterinariya va 
qishloq xojalik bilan uzviy boglik. Zoologiyaning koʻpgina boʻlimlari esa 
parazitologiya, 
gidrobiologiya, 
epizootologiya, 
epidemiologiya 
kabi 
kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini 
oʻrganish tibbiyot va veterinariya parazitologi-yasi uchun muhim ahamiyatga 
ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni oʻrganish esa tuproq hosil boʻlishi 
jarayonlarini tushunib olib, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab 
chiqish imkonini beradi. Ekologozoologik tadqiqotlar chorvachilik, 
ipakchilik, baliqchilik kabi qishloq xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirish, 
ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni 
iqlimlashtirish 
va 
koʻpaytirish, 
shuningdek, 
qishloq 
xo‘jalik 
zararkunandalariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi. 
Turli hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, shuningdek, hayvonlar 
organizmidagi biokimyoviy oʻzgarishlarni tadqiq etish parazit va 
zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab 
chiqishda muhim oʻrin tutadi. Zoologik tadqiqotlarda toʻplangan ilmiy 
maʼlumotlar organik olamning rivojlanishi toʻgʻrisidagi evolyusion 
taʼlimotni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan. 
Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr, 
Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Zoologiyani rivojlantirishda 
Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot 
kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qadimgi Rim 
tabiatshunoslaridan
Gay Pliniy (mil. 23—79 y.lar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi" 
asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan. 
Boshqa tabiiyot fanlari qatori Zoologiyaning bundan keyingi rivojlanishi 


Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, 
Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari 
no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda 
shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli 
"Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi. 
Zoologiyaning taraqqiyotida 17-asrda mikroskopning kashf etilishi 
katta ahami-yatga ega boʻldi. Golland olimi A. Le-venguk "Mikroskop 
yordamida ochilgan tabiat sirlari" asari orqali mikros-kopik hayvonot 
dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M. Malpigi umurt-qali xayvonlar qon 
aylanish, ayirish sistemasi va terisining tuzilishini tushuntirib berdi. 17-asr 
oxiri va 18-asrning 1-yarmida J. Rey va ayniqsa K. Linneyning ishlari tufayli 
hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasiga za-min yaratildi. Aynan oʻsha 
davrdan 3. ayrim mustaqil tarmoklarga ajrala boshladi. K. Linney tur, urugʻ 
(avlod), turkum, sinf deb nomlangan sistematik kategoriyalarni umumlab 
berdi. Linney hayvonot dunyosini sut emizuvchilar, qushlar, sudralib 
yuruvchilar (suvda va quruqlikda yashovchilar bilan birga), baliqlar, 
hasharotlar va chu-valchanglar sinflariga ajratadi. U turni ikki nom bilan 
atash (binar nomenklaturshik taklif etadi. Fransuz J. Byuffon 3. sohasidagi 
barcha maʼlu-motlarni toʻplab, 36 jildli "Tabiat tarixi" asarini yozadi. 
Fransuz olimi J. Kyuvye qad. hayvonlarning kaznima qoldiqlarini oʻrganadi 
va organiz-mning bir butunligi, organlarning oʻzaro bogʻlikligi toʻgʻrisidagi 
organlar korrelyasiyasi taʼlimotini yaratdi. U fanga "tip" tushunchasini kiritdi 
va hayvonot olamini umurtqalilar, yumshoq tanlilar, boʻgʻimoyoklilar, 
ignaterililar tiplariga hamda 19 sin-fga ajratadi. 19-asrda biol.da tirik 
tabiatning murakkab formalari oddiy formalardan kelib chiqqanligidagi 
evolyusion gʻoyalarning rivojlanishida T. Shvan va M. Shleyden tomonidan 


hujayra nazariyasining ilgari suri-lishi katta ahamiyatga ega boʻldi. 
Turlarning oʻzgarishi va oddiy formalarning kelib chiqishini birinchi boʻlib 
J. B. Lamark tushuntirib berdi. U Linney sistematikasini takomillashti-rib, 
hayvonlarni 14 sinfga ajratadi. 
Organik dunyo evolyusiyasi haqidagi materialistik taʼlimot asoschisi Ch. 
Darvin Zoologiyaning rivojlanishiga ham be-vosita oʻz hissasini qoʻshgan, 
uning "Bigl" kemasida sayohatlari toʻgʻrisidagi "Izlanishlar kundaligi" 
(1839) asarida Jan. Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, 
qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va b. hay-vonlar toʻgʻrisida ilk bor 
maʼlumot beriladi. Ayniqsa, uning boshchiligida tayyorlangan "Zoologiya" 
asari, "Moʻylovoyokli qisqichbaqasimonlar" monografiyasi (1851—54) katta 
ahamiyatga ega boʻldi. Zoologiyada evolyusion gʻoyalar faqat Ch. 
Darvinning "Tabiiy tanlanish yoʻli bilan turlarning paydo boʻli-shi" asari 
nashr etilgandan soʻng toʻla-toʻkis oʻz asosini topdi. Olimning taʼlimoti 
Zoologiyaga qiziqishni yanada kuchay-tirib, bir qancha mamlakatlarda 
Zoologiya jamiyatlari tashkil etildi. 1889-yildan boshlab zoologlarning 
xalqaro sʼyezdi, entomologlar va ornitologlarning
xalqaro kongresslari chaqirila boshlandi. Dengiz, okean va quruqlik hay-
vonlarini oʻrganish maqsadida juda koʻplab ekspeditsiyalar tashkil etiladi. 
20-asrning 2-yarmidan boshlab sistematika sohasidagi tadqiqotlarda 
anʼ-anaviy usullar bilan bir qatorda tobo-ra koʻproq biokimyoviy, serologik, 
ka-riologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq qilina boshladi. Bu 
borada DNK molekulasi strukturasining aniklanishi (A. N. Belozerskiy), 
tuproq hosil boʻlishida hayvonlar ahamiyatining koʻrsatib berilishi 
(Gilyarov), zararkunanda hasharotlarga qar-shi kurashning genetik usuliga 
asos solinishi (A. S Serebrovskiy) katta ahamiyatga ega boʻldi. 


Oʻzbekistonda Zoologiyaning rivojlanishi Sharqning buyuk allomalari 
nomi bilan bogʻliq. Abu Rayhon Beruniy 101 hayvon va ulardan olinadigan 
doridar-monlar toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Uning "Hindiston" asarida 
(1030) bu oʻlka hayvonlari toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Abu 
Ali ibn Siyaoning "Kitob ash-shifo" asarida odamda parazitlik qiluvchi 
gelmintlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Bu asardagi ayrim gelmintlar nomi 
(qovoqsimon qurt, mitti qurt) xrzir-gacha saqlanib qolgan. 
Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish 
boʻyicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlandi. Rus 
olimi N.A. Seversov Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir, 
Tyanshan hayvonlarini; A. P. Fedchenko Olay va Zarafshon vodiysi 
hayvonlarini oʻrganadi. V. F. Oshanin "Turkiston yarim qattiq qanotlilari 
faunasi" asarida hasharotlarning 700 dan ortiq turi toʻgʻrisida maʼlumot 
bergan. Uning ta-shabbusi bilan 1876-yilda Toshkentda tabiat muzeyi 
ochiladi. 20-asrning boshlarida olib borilgan zoologik tadqi-qotlar, asosan, 
mahalliy aholi oʻrta-sida keng tarqalgan parazit va kasallik tarqatuvchi 
hayvonlarni oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan 
bogʻliq. Oʻrta Osiyoning turli xududlariga bir qancha ekspeditsiyalar 
uyushtirilib, bezgak chivini va rishtaning biol.si batafsil oʻrganil-di (L. M. 
Isayev, N. I. Xodukin). Bir qancha hududlarda bezgakni tadqiq qiladigan 
stansiyalar va Tropik kasalliklar instituti (hoz. Tibbiyot parazitologiya 
instituti) tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20-asrning oʻrtalariga kelib 
bezgak va rishta batamom tugatildi. 



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin