«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil


Budjetlashtirishning quyidagi ijobiy jihatlari mavjud



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#107782
1   2   3   4
Budjetlashtirishning quyidagi ijobiy jihatlari mavjud:
– korxonaning asosiy maqsadini ta’minlashda xizmat qiladigan jarayonlarni re-
jalashtiradi;
– alohida bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– korxona bo‘linmalari rahbarlarini o‘z vazifalarini samarali amalga oshirishlariga 
ko‘maklashadi;
– korxona xodimlarini ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlarini ta’minlashga xi-
zmat qiladi;
– korxona alohida bo‘linmalari rahbarlarini belgilangan rejalarning bajarilish da-
rajasini baholashlarida asos bo‘ladi.
Budjetlashtirish jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
– korxonaning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi xo‘jalik muomalalarini re-
jalashtirish;
– barcha darajadagi rahbarlarni o‘zlari javobgar markazlar maqsadiga erishish-
larida rag‘batlantirish;
– turli xil bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda bo‘linmalar xodimlarin-
ing manfaatlari e’tiborga olinadi;
– korxona joriy faoliyatini nazorat qilish, belgilangan tartib-qoidalarga amal 
qilinishini ta’minlash;
– javobgarlik markazlari va ular menejerlari oldiga qo‘yilgan rejalarning bajaril-
ishini baholashda asos vazifasini o‘tash;
– menejerlar malakasini oshirishda ko‘maklashish.
Budjetlashtirish samarali boshqaruv usullaridan hisoblanib, quyidagi xususi-
yatlarga ega:
– korxonaning faoliyati bilan bo‘linmalar faoliyatini kompleks rejalashtiradi;
– budjetlashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini yaratadi;
– tuzilgan biznes-rejani tasdiqlaydi;
– o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi salbiy omillarni bartaraf etishga ko‘makla-
shadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar kelgusida daromadlarini oshirishlari 
uchun o‘zlarining faoliyatlarini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo‘ladi. Uning asosi-
ni budjetlashtirish tashkil etadi. 
Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish xarajatlarni smetalash, budjetni 
solishtirish va ushbu budjetga nisbatan haqiqiy va prognoz qilingan xarajatlarni 
boshqarishni o‘z ichiga oladi. Budjet rejalashtirilgan xarajatlar darajasini belgilaydi, 
bu baza sifatida ishlatiladi, unga qarshi siz haqiqiy xarajatlar va prognoz qilingan 
foydadagi farqlarni kuzatishingiz mumkin. Budjet tuzish jarayoni yaqinda oddiy 
yillik jarayondan kompaniyaning ustuvor vazifalari va rejalarini har tomonlama ba-
holashga aylandi. Korxonalarning raqobatbardoshligi oshgani sayin, ustuvorliklar 
va prognozlarni o‘z vaqtida belgilash qiyinlashadi. Ko‘pgina kompaniyalar qat’iy 
qarorlarga tayanadilar: ya’ni ular yangi moliya yilida o‘tgan yilgi moliyalashtirish 
darajasida, budjet qo‘mitasi ichidagi kelishmovchiliklar hal etilmaguncha ishlaydi.
Shuning uchun biz eng avvalo xarajatlarning iqtisodiy mohiyatini to‘g‘ri tushu-
na bilishimiz kerak. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra xarajatlar iqtisodiy elementlari va 


«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
42
kalkulyasiya moddalari bo‘yicha guruhlanadi hamda iqtisodiy elementlari bo‘yicha 
tannarxga kiritiladigan va kiritilmaydigan xarajatlar ham alohida guruhlanadi. An-
gliya - Amerika maktabi vakillari XIX asr boshlaridayoq xarajatlarni tijorat va ishlab 
chiqarish xarajatlariga bo‘lgan. Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi uch guruhga 
bo‘lingan: to‘g‘ri, paydo bo‘lish joyi (sex bo‘yicha) va umumiy.
Ishning hajmidan kelib chiqib faollik darajasi bo‘yicha (ishlab chiqarish yoki so-
tish hajmiga qarab) xarajatlarni guruhlash usuli xorijiy davlatlarda xarajatlarni sa-
marali boshqarishda keng qo‘llaniladi hamda quyidagicha guruhlanadi:
-o‘zgaruvchan xarajatlar;
-doimiy xarajatlar.
Bugungi kunda respublikamiz buxgalteriya hisobi tizimini nazariy jihatdan 
qaraydigan bo‘lsak, o‘zgaruvchan xarajatlarga mahsulot ishlab chiqarish hajmiga 
qarab o‘zgarib turuvchi harajatlar kiradi (xomashyo va materiallar, texnologik ma-
qsadlar uchun sarflanadigan yoqilg‘ilar, ishlab chiqarishdagi ishchilarga hisoblan-
adigan ishbay ish haqi va boshqalar).
Bunday xarajatlar 21-sonli Buxgalteriya hisobi milliy satandartiga asosan quy-
idagi hisoblarda qayd etiladi:
1010 - “Xomashyo va materiallar”;
1020 - “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar”;
1030 - “Yoqilg‘ilar”;
1040 - “Ehtiyot qismlar”;
1050 - “Qurilish materiallari”;
1060 - “Idish va idishbop materiallar”;
1070 - “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar”;
1090 - “Boshqa materiallar”;
6710 - “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”.
Ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgaruvchan xarajatlar ichida shunday mablag‘lar borki, ular 
ishlab chiqarish jarayoni davomida nafaqat miqdoriy o‘zgaradi, balki ular o‘z maz-
munini ham o‘zgartiradi. Masalan, bir korxona o‘z xomashyosidan qayta ishlash 
uchun ikkinchi korxonaga buyurtma berdi. Bunday jarayon tufayli xomashyon-
ing qiyofasi mazmunan o‘zgaradi. Ya’ni, birinchi korxonada “Chetga qayta ishlash 
uchun berilgan materiallar” nomini oladi va 21-sonli Buxgalteriya hisobi milliy stan-
dartining 1070 – “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyotida hi-
sobga olinadi. Bu schyot korxona balansining “Joriy aktivlar” bo‘limida ko‘rsatiladi. 
Ikkinchi korxonada esa “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” (ko‘p hollarda 
“Daval xomashyo” deb ham yuritiladi) nomini oladi va 003 - “Qayta ishlovga qa-
bul qilingan materiallar” schyotida hisobga olinadi. Bu schyot korxona balansining 
“Balansdan tashqari schyotlar” bo‘limida hisobga olinadi.
“1070 – “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyotida chetga 
qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olina-
di. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bog‘liq chetdagi korxonalarga 
to‘langan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni hisobga oluvchi 
schyotlarning debetiga olib boriladi” hamda “003 - Qayta ishlovga qabul qilin-
gan materiallar” schyoti ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan to‘lanmaydigan 
va qayta ishlash uchun berilgan (davalcheskoe siryo) buyurtmachining xomashyo 
va materiallarining mavjudligi va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 
uchun mo‘ljallangan. Xomashyo va materiallarni qayta ishlash yoki qo‘shimcha ish-


STARS International University
43
lov berish (buyurtmachining xomashyo va materiallari qiymatidan tashqari) xara-
jatlarining hisobi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yuritiladi.
Boshqarish va nazorat qilish nuqtai nazaridan qaraganimizda xarajatlarni nazorat 
qilinadigan va vaqtincha nazorat qilib bo‘lmaydigan xarajatlarga bo‘lib o‘rganish 
ham mumkin. Nazorat qilinadigan xarajatlarga korxonaning mas’ul javobgar shax-
slari yoki boshqacha qilib aytganda, javobgarlik markazlari tomonidan nazorat 
qilib turiladigan xarajatlar kiradi. Masalan, bunga ombordan ishlab chiqarishga 
berilayotgan xomashyo miqdori va sifati, ishlab chiqarishda sarflanayotgan elektr 
energiya, mehnat haqi xarajatlari va shu kabi xarajatlar kiradi.
Ba’zida xarajatlarning sodir bo‘lishi yoki ularning qiymati o‘zgarishini ular 
uchun mas’ul javobgar shaxs yoki javobgarlik markazlari tomonidan nazorat qilib 
bo‘lmaydi. Masalan, tovar-moddiy boyliklarning davlat tomonidan chiqarilgan qa-
rorlar asosida qayta baholanishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish 
me’yorlarining soliq qonunchiligi asosida o‘zgartirilishi mumkin. Bu xarajatlar o‘zi-
ga xos usullar bilan boshqariladi va nazorat qilinadi. Xarajatlarini boshqarish va 
nazorat qilishda qaysi usulning qo‘llanilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab 
chiqarish xususiyati va rahbarining xohishiga bog‘liqdir. Qaysi usuldan foydalanish 
korxona uchun qulay bo‘lib, manfaat keltirsa va rahbar uchun ma’qul bo‘lsa, bu 
usullar albatta, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisob siyosatida ko‘rsatilib o‘tiladi va 
amaliyotga joriy qilinadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin