STARS International University
39
hisobini to‘g‘ri tashkil etishda noaniqlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi asossiz
yo‘qotishlarga hamda mahsulot tannarxining sun’iy oshib yoki kamayib ketishiga
olib kelmoqda. Bunday mavhum qarashlar, salbiy
holat va talablar amaldagi
buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, uning zamonaviy
usul va uslubiyotlarini yaratish, fanning rivojlanish tarixi va istiqbollarini hamda
respublikamiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu
sohada islohotlarni amalga oshirishni zaruriy shart qilib qo‘ymoqda.
Unumli xarajatlarga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy natijasining
shakllanishida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan
xarajatlar, ya’ni xomashyo va material
xarajatlar, ish haqi xarajatlari, asosiy vositalarning eskirish qiymati kabilar kiradi.
Unumsiz xarajatlarga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadi hisobidan
qoplanadigan yoki ularning zarariga olib boriladigan xarajatlar, ya’ni asossiz
yo‘qotishlar, yaroqsiz mahsulotning paydo bo‘lishi, me’yordan ortiqcha tabiiy
yo‘qotish kabilar kiradi. Bunday xarajatlar boshqarilmaydigan
xarajatlar deb ham
yuritiladi.
«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
40
Respublikamiz iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining yangi shakllari pay-
do bo‘lishi natijasida an’anaviy buxgalteriya hisobi tizimining tashkiliy tamoyillari
ham ma’lum darajada o‘zgardi. Bunday o‘zgarishlar oqibatida tannarxning sir tutil-
ishi, xarajatlar yo‘nalishining o‘zgarishi pirovardida ularni boshqarishning tashkiliy
tamoyillari va uslubiyotini ilmiy-nazariy jihatdan qayta o‘rganib
chiqish zaruriyati
kelib chiqdi.
Byudjetlashtirish korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi. Korxonalar kelgusida daromadlarini oshirish-
lari uchun o‘zlarining faoliyatlarini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo‘ladi. Uning
asosini esa budjetlashtirish tashkil etadi. Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qil-
ish xarajatlarni smetalash, budjetni solishtirish va ushbu budjetga nisbatan haqiqiy
va prognoz qilingan xarajatlarni boshqaradi
.
Bugungi kundagi hisob tizimining asosiy vazifalaridan biri ko‘rsatib o‘tilgan
unumsiz xarajatlarning oldini olish bilan samaradorlikka erishish bo‘lib turib-
di. Shu sababdan xarajatlarni boshqarish va o‘zgarishini nazorat qilishda oqilona,
zamonaviy
usullardan foydalanish, tarmoq ishlab chiqarish xususiyatiga mos
keluvchi yangi uslubiyotni yaratish zaruriy shart bo‘lib qolmoqda.
“Byudjet” atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab
chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash nati-
jasida hukumat ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida
esa markazlashmagan pul fondlarining shakllanishi va ulardan oqilona foydalan-
ishni anglatadi. Tor ma’noda esa, “budjetlashtirish” atamasi hali bizning iqtisodiy
adabiyotlarda
atroflicha yoritilmagan, chunki korxonaning doimiy asosga qo‘yil-
gan kompleks rejalashtirish, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlili tizimi shu paytgacha
faqatgina biznec-pejalashtipish bilan cheklangan edi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar boshqaruv hisobida rejalashtirish jarayonini ta’ri-
flash uchun “budjetlashtirish” atamasidan keng foydalaniladi. Budjetlashtirish korx-
onaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish
hisoblanadi. Budjetlashtirishning afzalligi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslarini uzoq, qisqa va o‘rta muddatli rejalashtirish, raqobatchilarning xat-
ti-harakati, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan bozor talablarini o‘rganishda
o‘z ifodasini topadi. Budjetlashtirishda asosiy e’tibop
mahsulot, ish va xizmatlarni
sotishdan olinadigan daromad (foyda) hajmini taxminlashga qaratiladi.
Boshqaruv va ishlab chiqarish hisoblarini turg‘un hisob turlari kiradi. Bunday
deb atashimizning asosiy sababi - bu hisob turlarini tashkil qilish moliyaviy hisob
kabi qat’iylikni talab qilmaydi, ularni tashkil qilish xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar
rahbarining roziligi va korxonaning ishlab chiqarish xususiyatiga bog‘liqdir. SHu
sababdan ham boshqaruv hisobi va ishlab chiqarish hisobi bir-biriga yaqin turadi.
Ularning tashkiliy va uslubiy jihatlarida har xil qarashlar mavjud bo‘lib, ba’zi hol-
larda bunday qarash va fikrlarda salbiy holatlarni ham ko‘rish mumkin. Nazariy
jihatdan olimlarning bu boradagi ta’riflari, fikrlari va takliflari asosida qaraydigan
bo‘lsak, boshqaruv hisobi boshqarish jihatidan korxonaning butligini o‘zida nam-
oyon etadi, ishlab chiqarish hisobi esa korxona xo‘jalik faoliyatining asosiy bir
qismi bo‘lgan, ya’ni faqat ishlab chiqarish jarayonini o‘zida aks ettiradi. Bu esa
boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobiga nisbatan kengroq ma’noda qo‘llanishi-
ni anglatadi. Lekin tashkiliy jihatdan ulardagi tafovut
korxona xususiyatidan kelib
chiqadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektning asosiy xo‘jalik faoliyati ko‘p assortimentli
STARS International University
41
mahsulot ishlab chiqaruvchi, uzoq texnologik bosqichga ega bo‘lgan va bir vaqt-
ning o‘zida bir necha vazifalarni bajaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda ishlab
chiqarish hisobining o‘rni kattadir.
Dostları ilə paylaş: