xmlns:w="urn:schemas-microsoft-com:office:word"
xmlns="http://www.w3.org/TR/REC-html40">
Etalon yaratish bo`yicha ilmiy-texnik hisob qoidalari
Ilova B
Etalon yaratish bo`yicha ilmiy-texnik hisob qoidalari
B 1. Etalon yaratish bo`yicha ilmiy-texnik hisob ushbu etalon holatini tahlil qilish, xususiyatlarini o`rganish va boshqa davlatlardagi o`xshash etalonni taqqoslash asosida tuziladi hamda bajarilgan ishlar metodikasi, tarkibi hamda natijasini ko`rsatuvchi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga olishi kerak:
Kirish;
Boshqa davlatlardagi o`xshash etalonlar bilan taqqoslash;
Etalon holati, xususiyatlarini o`rganish va boshqa davlatlardagi o`xshash etalonlar bilan taqqoslash natijalarini tahlil qilish;
Xulosa
B 2. bo`limida ushbu o`lchash sohasining rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma`lumot, etalon ishlab chiqish zaruriyati asoslab beriladi, o`lchash sohasi rivojining O`zbekistondagi istiqboli keltiriladi hamda normativ hujjat ishlab chiqish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rsatilad.
B 3. bo`limida boshqa davlatlardagi etalonlarning metrologik va texnik xususiyatlari taqqoslanadi, o`lchash va natijalarni qayta ishlashni avtomatlashganlik darajasi tahlil qilinadi, etalonlarni takomillashtirish istiqbollari ko`rsatiladi.
B 4. bo`limi
B 4.1 Ushbu bo`limda O`zbekiston Respublikasi ga taqdim etilgan etalonni taqqoslashda ishtirok etgan har bir davlat bo`yicha quyidagi ma`lumotlar keltiriladi:
B 4.2 Ushbu bo`limda O`zbekiston Respublikasi ga taqdim etilgan etalonlar bilan solishtirishda ishtirok etadigan har bir etalonni saqlash sharoitlari va qo`llash usullari bo`yicha quyidagilar keltiriladi:
Etalon pasportida ko`rsatilgan xususiyatlarning barqarorligini uzoq muddat davomida ta`minlovchi joylashtirish, saqlash va qo`llash sharoitlariga qo`yiladigan talablar;
Etalon bilan ishlash uchun zarur bo`lgan xodimlar tarkiibi haqida ma`lumot;
Etalon bilan ishlash jarayonida xavfsizlik talablari;
Etalonni tashishda butligi va metrologik xususiyatlarini barqaroligini ta`minlovchi talablar;
B 5 bo`limida etalon xususiyatlarini o`rganish ishlari natijalari baholanadi hamda etalonni tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi bo`yicha takliflar beriladi.