20-asr oxiriga kelib birja savdosiga parallel
ravishda birjadan
tashqari savdo jadal rivojlana boshladi,
bu esa derivativlar
kabi maxsus vositalarda sug'urta qilish uchun keng
imkoniyatlar yaratdi.
Shunday qilib, bir asr davomida ishlab chiqilgan va turli xil
risklardan himoyalanishning universal usuliga aylangan –
xedjerlash, har qanday bozor ishtirokchisiga uni amalga
oshirish uchun keng ko'lamli moliyaviy vositalarni taklif qiladi.
Bugungi kunda
xedjerlash - bu sanoat va savdo firmalarining
oddiy tijorat faoliyatini to'ldiradigan operatsiya bo'lib, uning
mohiyati bozor narxlarining keskin o'zgarishi natijasida
yo'qotishlardan sug'urta qilishdir.