e-qaror.gov.uz
02.08.2021
3
Сурхондарё вилоят ҳокимининг
2021 йил 31 июлдаги
76-8-0-Q/21-сон қарорига
1-илова
Surxondaryo viloyati “Kelajak liderlari” klubi to‘g‘risidagi
Nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Kelajak liderlari” klubini (keyingi o‘rinlarda – Klub) tashkil etish,
uning maqsad va vazifalari hamda ish faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Klub o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston
Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezideni farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Surxondaryo viloyat hokimi qarorlari hamda
mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Klub o‘z faoliyatini Surxondaryo viloyati hududida jamoatchilik asosida amalga
oshiradi.
4. Klub o‘z faoliyati davomida o‘zining maxsus belgisi (logotip) va ko‘krak-nishoniga ega
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: