e-qaror.gov.uz
02.08.2021
6
maqsadida klub aʼzolari orasidan faol va iqtidorli yoshlardan iborat “Boshqaruv Kengashi”
shakllantiriladi.
Kengash aʼzolari tarkibiga Prezident, vitse-prezident va 8 nafar koordinatori hamda viloyat
hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali, Yoshlar ishlari
agentligi viloyat hududiy boshqarmasining bir nafardan masʼul xodimlari kiradi.
Kengash qarorlari kengash aʼzolarining umumiy sonidan ko‘pchilik ovozi bilan qabul
qilinadi.
16. Klubda quyidagi yo‘nalish koordinatorlari faoliyat yuritadi:
talabalar yo‘nalishi
koordinatori;
yosh davlat fuqarolik xizmatchisi yo‘nalishi koordinatori;
tashkiliy ishlar yo‘nalishi koordinatori;
o‘quv-uslubiy yo‘nalishi koordinatori;
media va innovatsiya masalalari yo‘nalishi koordinatori;
ijtimoiy-psixologik yo‘nalish koordinatori;
gender tenglik
masalalari koordinatori;
xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha koordinator.
17. Boshqaruv kengashi:
Klub faoliyatida nazarda tutilgan “Hokim bilan bir kun”, “Dublyor”, “Аgentlikda bir kun”,
“Davlat tashkilotlarida stajirovka o‘tash” kabi loyihalarni hamda boshqa tadbirlarni
tashkillashtiradi;
Klub aʼzolarining malaka oshirish, o‘quv
dasturlari, stajirovka va targ‘ibot ishlarini
muvofiqlashtiradi;
Klub aʼzolari faoliyatini kredit-ball asosida baholab boradi va reytingini yuritadi;
Klub faoliyatining samaradorligini taʼminlaydi, yuzaga kelgan muammolarni tahlil qiladi
va bartaraf etishga qaratilgan takliflarni tayyorlaydi.
18. Klub aʼzolariga olti oy muddat davomida tasdiqlangan dastur asosida o‘quv-seminarlar
tashkil etiladi, unda klub aʼzolarida boshqaruv ko‘nikmalari shakllantiriladi.
O‘quv dasturlari yakunlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan aʼzolar
Davlat
xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan sertifikat bilan taqdirlanadi hamda davlat fuqarolik
xizmatchilari uchun yosh trenerlar safiga qabul qilinadi.
19. Klub aʼzolarida boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish borasida quyidagi
yo‘nalishdagi mavzularda haftaning har shanba kunlari o‘quv-seminarlar tashkil etiladi:
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati;