Noyabr 2021 Page: 122 O'tkir hoshimov asarlarida toponimlarning qo’llanilishi


legal, medical, social, scientific journal



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#108276
1   2   3   4
122-126

legal, medical, social, scientific journal 
 
www.pedagoglar.uz
Volume 11. Issue 3. NOYABR 2021
 
Page: 124 
umuman biror bir joyni ataydigan nomlar tushuniladi. Bular sirasiga barcha 
toponimlar kiritiladi. Tor ma’nodagi joy nomlariga daryo, ariq, bozor, bog' va shu 
kabi oʻnlab nomlarni kiritish mumkin. ,,Bahor qaytmaydi’’qissasida uchraydigan 
toponimlar ular ifodalagan obyektlarning turiga ko'ra bir necha guruhga bo’linadi. 
Bularning bir qismini aholi maskanlari nomlari - oykonimlar tashkil etiladi. 
Oykonimlar: 
Mamalakat nomi: O'zbekiston 
Shahar nomlari:Toshkent,Yaponiya,Tojikiston 
Ariq nomi:Zaxariq 
Kurort nomi:Gagra 
Tuman nomi: Oqqo'rg'on,Boysun,Polvontepa 
Anhor nomi:Qonqus 
Restoran nomi: “Toshkent” 
Bog' nomi:Qodirobod 
Qishloq nomi:Bo'ston,Oynatog' 
Bu nomlar mavzu guruhlari boʻyicha quyidagilarga ajratilishi mumkin: 
Joy nomlari: Toshkent, O'zbekiston,Yaponiya, Tojikiston va boshqalar.
Toshkent nomi asarda eng koʻp uchraydi. Chunki asar voqealari bilan bogʻliq 
koʻplab tasvirlar shu shahar bilan aloqador. 
Masalan; Toshkent! Odamlarning baxtini qanchaiik bag‘rikenglik, saxiylik bilan 
ko‘ksiga sig‘dirsa, baxtsizligini ham shunchalik bag‘rikenglik, beparvolik bilan 
qarshilaydi! (O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissa) 
Toshkent vohasi qadimdan Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim o‘rin tutgan. 
Choch vohasida qadim va ilk o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan joy nomlariga oid 
ma'lumotlar ,asosan, xitoy va arab-fors manbalarida saqlanib qolgan. Vohaga 


legal, medical, social, scientific journal 
 
www.pedagoglar.uz
Volume 11. Issue 3. NOYABR 2021
 
Page: 125 
taalluqli ba'zi bir joy nomlari esa qisman sug‘diy va boshqa tillardagi manbalarda 
uchraydi. 
Oykonim deganda, shahar, qishloq, ovul va boshqa aholi punktlari tushuniladi. 
Shahar yirik aholi punkti bo'lib, iqtisodiy, ma'muriy va madaniy markaz sanaladi. 
Bo‘ston qishlog'iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Tumanlik 
qo‘ynida jimgina mudragan tonglar, ilk sovuq og‘ushida junjikkan seryulduz 
oqshomlar boshlandi.(O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissa) 
Asarda anhor va ariqlar nomlari ham qo'llanilgan. 
— Katta anhor ekan... — Muqaddam qirg‘oqqa chiqib, yengil nafas oldi. —Oti 
nima? 
— Qonqus... — dedi Anvar yo‘l boshlar ekan. 
Muqaddam taqqa to ‘xtab qoldi. 
— Qonqus?! (O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissa) 
— Qayoqqa boramiz? — dedi Alimardon kabina peshanasidagi kaftdek oynadan 
ko‘rinib turgan Zufar Xodiyevichning aksiga qarab. 
— Zaxariqdagi qirga chiqsakmikin, — dedi Zufar Xodiyevich mushtugiga sigaret 
qistirarkan.(O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissa) 
ZAXARIQ Toshkent shahridagi ariq. Yerosti suvlarining sizilishidan chuqur 
joyda hosil bo'lgan suv: zax, zaxkash, zix, ziykash 
Xullas, “Bahor qaytmaydi” qissasining boshqa talay fazilatlari, ayniqsa, tili, 
badiiy tasvir vositalaridan foydalanish borasidagi yozuvchi mahorati
qahramonlar psixologiyasini ochishda peyzaj tasvirining oʻrni toʻgʻrisida soatlab 
gapirish mumkin. Bularning har biri alohida suhbatning mavzusi boʻla oladi. 
Keling, mulohazalarimizga shu yerda nuqtali vergul qoʻya qolaylik. Bu deganim 
– asarning badiiy imkoniyatlarini kashf etish, sanʼatkor tomonidan matn ostiga 
yashiringan gʻoyaviy niyatlarni topa olish haqidagi muloqotimiz yana davom 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin