Yuqorida ta’kidlanganidek, Psixologik sogʻlomlik insonning o‘zi va
atrofidagi olam bilan munosabat qurishi uchun yetarli psixologik sifatlar va
vositalarning borligidir. Ya’ni psixologik sogʻlomlikning shakllanganligi deganda
Psixikamizda (Psixologik apparatimizda) va Shaxsimizda (Shaxs strukturasida)
ma’lum tarkibiy qismlar va sifatlar borligini tushunamiz va ular:
- bizga kelayotgan ma’lumotni savodli va adekvat darajada idrok etishga
yordam berishi;
- yangi sharoitga moslashishimizga ta’sir ko‘rsatishi va yordam berishi;
- qandaydir rolli, vaziyatli, pozitsiyaviy o‘zgarishlarni ko‘rishimizga
yordam berishi;
- rollarda, pozitsiyalarda, vaziyatlarda ro‘y bergan o‘zgarishlar asosida
o‘zimizni o‘zgartirishimiz, korreksiya qilishimiz, kerakli sifatlarni
shakllantirishimizga yordam berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: