9. Kesish jarayoni elementlarining yuza g’adir – budurligiga ta‘siri
1.Kesish tezligi V = 15...20 m/min bo‟lganda notekisliklar balandligi
eng katta qiymatga
erishadi, chunki bunda o‟simta hosil bo‟ladi. Kesish tezligining ortib borishi bilan notekisliklar
balandligi pasaya boradi.
2.Kesish chuqurligi yo‟nilgan yuzaning g‟adir – budurligiga kam ta„sir ko‟rsatadi, chunki u
deformatsiyaga katta ta„sir etmaydi.
3.Surish qiymati oshirilishi bilan mikronotekisliklar balandligi ortadi.
4.Oldingi burchakning ortishi bilan yo‟nilgan yuzadan mikronotekisliklar
balandligi plastik
deformatsiyaning kamayishi hisobiga pasayadi.
5.Keting burchakning kamayishi bilan ketingi yuzaning yo‟nilgan yuza bilan urinish sathi
kamayadi, bu esa mikronotekisliklarning kamayishiga olib keladi.
6.Plandagi burchaklar kattalashganda deformatsiyaning ortishi hisobiga yo‟nilgan
yuzada
notekisliklar balandligi biroz ortadi.
7.Asosiy kesuvchi qirraning qiyalik burchagi ortishi bilan mikronotekisliklarning balandligi
oshadi.
8.Yumaloqlanish radiusi oshirilsa mikronotekislik balandligi kamayadi.
9.Kesish jarayonida moylash - sovutish
suyuqliklari ishlatilsa, mikronotekisliklar balandligi
suyuqliksiz ishlagandagiga qaraganda kamayadi.
10.Metall plastikligini ortishi bilan o‟simta
balandligi ortadi, bu esa yo‟nilgan yuza sifatini
pasayishiga sabab bo‟ladi.
11.Yo‟niladigan metall qattiqligining ortishi bilan yo‟nilgan yuzaning mikronotekisliklari
balandligi pasayadi. Tegishli tozalik
yuzani hosil qilish uchun, notekisliklarni balandligini
aniqlashga va hisoblab topishga imkon beradigan umumlashtirilgan formulalar jadvallar hamda
nomogrammalardan foydalanish zurur, topilgan ma„lumotlar asosida esa yo‟nishning eng yaxshi
usulini aniqlash mumkin bo‟ladi. Bu ma„lumotlar spravochniklardan olinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: