О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

7. Moylash – sovitish suyuqliklari 
1) Keskichning qizishini kamaytirish va ishlash muddatini oshirish uchun, keskich 
maxsus suyuqlik bilan sovitib turiladi. Sovituvchi suyuqlik sifatida, ba„zan, sovunli va 
sodali suvdan foydalaniladi. Emulsiyalar emulsolning suvdagi 1,5% dan 10% gacha 
bo‟lgan eritmasi tarzida ishlatiladi. Tozalab yo‟nish yoki pardozlash ishlarida maxsus 
usulda ishlov berilgan va sulfofrezollar (oltingugurt qo‟shilgan moylar – oltingugurt 
bilan mineral moylar aralashmasi) deb ataladigan mineral moylardan foydalaniladi.
2) Sovutish yaxshi natijalar berish uchun, quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 
3) Sovutuvchi suyuqlik o‟rta hisob bilan 10...12 m/min miqdorida oqizilishi kerak; 
4) Sovutuvchi suyuqlik oqimini yo‟nilayotgan detaldan qirindi ajralib chiqayotgan 
joyga yuborish kerak, chunki eng ko‟p issiqlik detallning ana shu joyida hosil bo‟ladi; 
5) Sovutuvchi suyuqlik kesish jarayonining boshlanishi bilan bir vaqtda berilishi 
kerak, suyuqlik bir qadar vaqt o‟tgandan keyin berilsa, qattiq qizib ketgan keskichda 
birdaniga sovish natijasida yoriqlar hosil bo‟lishi mumkin. 
8. Metallarni kesib ishlashda vujudga keladigan titrash 
Kesish jarayonida SMAD (stanok – moslama – asbob - detal) tizimida tebranish xarakatlari 
paydo bo‟ladi. Agar bu tebranishlar sezilarli bo‟lmasa, ular metall kesish stanogiga va 
yo‟nilayotgan detallga uncha ta„sir etmaydi. Ammo kesish jarayonida shunday sharoit ham 
vujudga keladiki, bunda stanok, asbob va yo‟nilayotgan zagatovka sezilarli darajada tebranadi. 
Titrashning zarari shundan iboratki, u kesuvchi asboblarning yeyilishini kuchaytiradi. Titrashga 
sabab bo‟ladigan kesish rejimlarida ishlovchi stanoklarning birikmalari buziladi, yeyiladi va 
ishdan chiqadi. Yo‟nilgan yuzaning sifati yomonlashadi, notekis va g‟adir – budur bo‟lib 
qoladi. Tebranishlar vertikal tekislikda ham gorizontal tekislikda ham yoki bir vaqtning o‟zida 
ikkala yo‟nalishda ham hosil bo‟lishi mumkin. Vertikal tekislikdagi tebranish odatda, 
keskichning titrashi, gorizantal tekislikdagi tebranish esa yo‟nilayotgan zagatovkaning titrashi 
hisobiga vujudga keladi. Agar kesuvchi asbob bilan zagatovka bir vaqtda titrasa tebranish ikki 
tekislikda sodir bo‟ladi. Titrash tashqi muhit ta„siri ostida ham vujudga kelishi mumkin, bu 
majburiy tebranishlardir. Metall kesish stanoklarida ishlashda titrashga qarshi kurashning 
quyidagi choralari ko‟riladi: 
1. SMAD tizimining bikrligi oshiriladi; 
2. Stanoklarning tez aylanuvchi qismlari aniq muvozanatga keltiriladi; 
3. Zagatovkalar o‟rnatiladigan moslamalar bikr qilinadi, maxkamlash elementlari imkoni 
boricha qisqaroq chiqariladi;
4. Stanokning yo‟naltiruvchi qismlaridagi va podshipniklardagi tirqishlar yo‟l qo‟yiladigan 
darajaga keltiriladi; 
5. Stanoklar fundamentga to‟g‟ri o‟rnatiladi va ular qo‟shni stanoklardan izolyatsiya qilinadi; 
6. Kesuvchi asboblar, patron kulochoklari, lyunet kulochoklari va shu kabilar to‟g‟ri 
o‟rnatiladi va mahkamlanadi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin