43-rasm
Qirindi keskichning oldingi yuzasi bilan A – A tekislik orasiga siqiladi (43-rasm). Bu tekislik
yorilish tekisligi deb ataladi.
Kesish yuzasiga o‟tkazilgan urinma bilan yorilish tekisligi orasidagi burchak
yorilish burchagi
deb ataladi. (ψ = 140...165
0
С ga teng bo‟ladi).
Ya.G.Usachev qirindi elementlari A – A tekislik bo‟ylab
yorilish bilan birga, metall
zarrachalari siljish (sirpanish) tekisligi В – В bo‟ylab surilishi ham mumkinligini metallografik
usulda aniqlagan. Agar metall zarralarini siquvchi kuch shu zarralarning
tishlashish kuchidan
katta bo‟lsa, tekisliklar bo‟ylab siljiydi va kirindi ajraladi. Demak, qirindi metallni kesish
jarayonida ayrim elementlarning birin-ketin siljishi natijaisda hosil bo‟ladi.
Qirindining ichki tuzilishi asosiy metallning tuzilishiga nisbatan o‟zgaradi. Siljish tekisligi В –
В bilan yorilish tekisligi A – A orasidagi burchak siljish burchagi deb ataladi. (β
1
). Bu
burchakning qiymati 0
0
dan 30
0
gacha yetadi va kesish sharoiti bilan yo‟nilayotgan
metallga
bog‟liq bo‟ladi. Metall qanchalik qovushoq bo‟lsa, β
1
, burchak shunchalik katta va aksincha,
metall qanchalik mo‟rt bo‟lsa, β
1
shunchalik kichik bo‟ladi (masalan, cho‟yan uchun β
1
ning
qiymati 0 ga yaqinlashadi).
Metallarni kesish jarayonida uch xil qirindi hosil bo‟ladi:
1.
Uvoq qirindi;
2. Siniq qirindi;
3. Tutash – (yaxlit) qirindi.
Yo‟niladigan
metall qattiqligining, qatlam qalinligining va kesish burchagining ortishi bilan
tutash
qirindi siniq qirindiga, siniq qirindi esa uvoq qirindiga aylana boradi.
Dostları ilə paylaş: