О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Ishalanayotgan yuza - qirindi yo’nilayotgan yuza; 
Ishlangan yuza qirindi yo’nilgandan keyin hosil bo’lgan yuza; 
Kesish yuzasi – yo‟nilayotgan zagatovkada keskichning kesuvchi qirrasi hosil qiladigan 
yuza. 
Keskich burchaklarini aniqlash uchun quyidagi tekisliklardan foydalaniladi (42-rasm).


41-rasm. Keskich burchaklarini aniqlash tekisliklari. 
Kesish tekisligi – kesish yuzasiga urinma bo‟lib, kesuvchi qirradan o‟tuvchi tekislik. 
Asosiy tekislik – bo‟ylama va ko‟ndalang surishlarga parallel tekislik. 
4. Keskich burchaglari va ularni tanlash 
Keskichning barcha burchaklari asosiy, yordamchi va plandagi burchaklarga bo‟linadi. 
Keskichning asosiy burchaklari keskich asosiy kesuvchi qirrasining asosiy tekislikka tushirilgan 
proektsiyasiga perpendikulyar bo‟lgan asosiy kesuvchi tekislikda o‟lchanadi (42-rasm).
Keskichning asosiy ketingi yuzasi bilan kesish tekisligi orasidai burchakka asosiy ketingi 
burchak deb ataladi va 

bilan belgilanadi. Yo‟nalayotgan yuzaning keskichning ketingi 
yuzasiga ishqalanishini kamaytiradi va kesish jarayonini yengillashtiradi. 

= 6...12
0
qilib 
olinadi. 
Keskichning oldingi yuzasi bilan asosiy ketingi yuzasi orasidagi burchak o‟tkirlik burchagi deb 
ataladi va β bilan belgilanadi. β=54…94
0
 oralig‟ida bo‟ladi.
O‟tkirlik burchagining kichraytirilishi kesishga ko‟rastilayotgan qarshilikni qamaytiradi, 
natijada qirindi oson ajraladi, ammo keskichning puxtaligi pasayadi. 
Kesish tekisligiga perpendikulyar holda asosiy kesuvchi qirra orqali o‟tkazilgan tekislik bilan 
keskichning oldingi yuzasi orasidagi burchakka oldingi burchak deb ataladi va γ bilan 
belgilanadi. mo‟rt va qattiq materiallar uchun γ = +5 dan -10
0
gacha qovushoq yumshoq 
materiallar uchun +30
0
gacha qilib olinadi. 


42-rasm. asosiy kesuvchi tekislik 
Keskichning oldingi yuzasi bilan kesish tekisligi orasidagi burchakka kesish berchagi 
deyilib δ bilan belgilanadi. δ = 

+β. 
Kesish burchagi kesish jarayoniga katta ta„sir ko‟rsatadi, chunki asosiy kesish kuchi ana shu 
burchakka bog‟liqdir. δ qancha kichik bo‟lsa, bu kuch shunchalik kam bo‟ladi, keskich tez 
yeyiladi, keskich kallagining sinishiga sabab bo‟ladi. 
Qattiq va mo‟rt materiallar yo‟nishda δ burchagi katta bo‟lgan keskichdan, yumshoq vav 
qovushoq materiallarni yo‟nishda δ burchak kichik bo‟lgan keskichdan foydalaniladi. (δ = 
60…100
0
oralig‟ida bo‟ladi). 
Yordamchi kesuvchi qirra orqali asosiy tekislikka perpentsikulyar holda o‟tkazilgan 
tekislik bilan yordamchi ketingi yuza orasidagi burchakka yordamchi ketingi burchak deb 
ataladi va 

1
bilan belgilanadi. 


ning qiymati ariqcha yo‟nish va kesib tushirish keskichidan 
boshqa barcha keskichlar uchun 

burchagi kabi olinadi. Ariqcha yo‟nish va kesib tushirish 
keskichlari uchun 

1
= 1...2

qilib olinadi. 
Asossiy kesuvchi qirraning asosiy tekislikka tushirilgan proektsiyasi bilan bo‟ylama 
surish yo‟nalishi orasidagi burchakka plandagi asosiy burchak deb ataladi va φ bilan 
belgilanadi. Plandagi asosiy burchakning qiymati ish turiga, zagatovka materialining 
qattiqligiga va stanokning bikrligiga qarab tanlanadi. Plandagi asosiy burchakning kichik 
bo‟lishi kesish tezligini oshirishga imkon beradi, ammo zagatovka o‟ziga qo‟yilgan kuchlar 
ta„sirida titraydi va egiladi. φ ning qiymati 30, 45, 60, 75, 90
0
ga teng qilib olinadi. 
Yordamchi kesuvchi qirraning asosiy tekislikka tushirilgan proektsiyasi bilan bo‟ylama 
surishga teskari yo‟nalish orasidagi burchakka plandagi yordamchi burchak deyiladi va φ
1
bilan 
belgilanadi. φ
1
burchagi keskichning yordamchi ketingi yuzasining zagatovkani yo‟nilgan 
yuzasiga ishqalanishini kamaytiradi. φ

ning ortishi keskich kallagini zaiflashtiradi. φ =5...30

oralig‟ida olinadi. 
Kesuvchi qirralarning asosiy tekislikka tushirilgan proektsiyalari orasidagi burchak 
keskich uchining plandgi burchagi deyiladi va ε bilan belgilanadi. 
ε = 180
0
– (φ

- φ); φ + φ
1
+ ε = 180



Keskichning uchi orqali asosiy tekislikka parallel holda o‟tkazilgan chiziq bilan asosiy 
kesuvchi qirra orasidagi burchak asosiy kesuvchi qirraning qiyalik burchagi deyiladi va λ bilan 
belgilanadi. bu burchakning vazifasi qirindi chiqishini yaxshilash va keskich turg‟unliginii 
oshirishdan iborat. λ musbat bo‟lganda kirindi detallning yo‟nilgan yuzasi tomon chiqadi
bunga esa tozalab yo‟nishda yo‟l qo‟yib bo‟lmaydi. 
Tozalab yo‟nishda λ 0 dan - 4

gacha qilib, xomaki yo‟nishda λ о dan +5

gacha qilib 
olinadi. Ish vaqtida keskich uchining yo‟nalayotgan yuzaga zarb bilan urilishi asbobning tez 
yeyilishiga sabab bo‟ladi. Buday hollarda λ ning qiymati +10
0
...25
0
gacha bo‟lgan keskichlar 
ishlatiladi. 
Asosiy kesuvchi qirra bilan yordamchi kesuvchi qirraning tutashuv jayida egrilik radiusi (r) 
bo‟ladi. (r = 0,5...3 мм) dan oshsa, titrash hosil bo‟lib, yo‟nilgan yuzaning sifati pasayadi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin