Metallarni payvandlashning zamonoviy usullari Yuqorida aytib o‟tilgan usullardan tashqari yana quyidagi payvandlash usullari ham
mavjud: lazer yordamida payvandlash; flyus qatlami ostida elektr-shlak yordamida
payvandlash; bosim bilan payvandlash; diffusion usulda payvandlash; portlatish yo‟li bilan
payvandlash; nemirchilik usuli bilan payvandlash; termit yordamida payvandlash; unduksion
payvandlash; kondensator yordamida payvandlash soviqlayin payvandlash.
Electron nur yordamida payvandlash. Bu usulda metall elektr maydoni bilan
tezlatiladigan tez harakatlanadigan electron nurlari oqimi bilan qizdiriladi. Elektronlarning
buyum sirtiga tushayotgan kinetik energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi va metallni 5000-
6000
o
C haroratgacha qizdiradi, bu issiqlik metallarni payvandlashda ularni suyiltirish hamda
issiqlik bilan ishlov berish (kesish, parmalash, bug‟lantirish) uchun yetarlidir. Bu jarayon
odatda germetik berk kamerada elektronlarning harakatlanishi va suyultirib qoplanadigan
metallning tozaligini ta‟minlash uchun zarur bo‟lgan chuqur bakuumda (133
10
-4
133
10
-5
Pa)
amalga oshiriladi.
Electron nuri bilan 0,01 mm dan 100 mm gacha qalinlikdagi zagotovkalarni, shuningdek,
qiyin suyuqlanadigan va turli jinsli metallarni payvandlashmumkin.
Lazer yordamida payvandlash. Bu usulda payvandlashda issiqlik manbai sifatida
energiya zichligi yuqori (10
7
-10
8
Vt/sm
2
gacha) bo‟lgan issiqlik manbai bo‟lgan lazer nuridan
foydalaniladi. Lazer nuri bilan yorug‟lik o‟tkazadigan istalgan muhitda (havoda, vakumda,
unert gazlarda) materiallarga ishlov berish mumkin. Lazer nuridan asbobsozlikda qalinligi
millimetrning undan bir ulishiga teng kichik gabaritli detallrni payvandlashda foalaniladi.