materiallarni kesib ishlash jarayoni o‟rganila boshlandi. Bu borada rus olimlaridan
I.A.Timening ishlari alohida o‟rin tutadi. U, 1870 yilda nashr etilgan asarida («Soprativlenie
metallov i dereva rezaniyu») materiallarni kesib ishlashda qirindining
ajralish qonuniyatini
tushuntirdi. 1893 yilda K.A.Zvorikin kesish kuchini o‟lchovchi gidravlik dinamometr yaratdi.
Buyuk sarkardalardan A.Temur va Z.M.Bobur davrida ham to‟p otuvchi
zambaraklar tayyorlashda kesish usullaridan foydalanishgan.
1912 yilda Ya.G.Usachev kesish jarayonida keskichning turli joylardagi haroratini termopara
yordamida o‟lchadi va strukturalarini o‟rgandi.
Hozirda mustaqil O‟zbekistonimizning mashinasozlik zavodlarida (Navoiy shahrida)
har xil stanoklar ilg‟or texnologiya bo‟yicha tuzilgan
dastur asosida boshqariladigan, yarim
avtomatikaviy va avtomatik ishlaydigan turli xil stanoklarni ishlab chiqarish yo‟lga qo‟yildi.
Kesish jarayonidagi elektorofizik, fizik-kimyoviy va mexanik jarayonlarni o‟rganish natijasida
elektroerrozion, elektr – kimyoviy, ultratovush yordamida va boshqa
ishlov berish usullari
yaratildi va natijada juda qattiq materiallarni tegishli darajada ishlashga erishildi.
Dostları ilə paylaş: