О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
Flyuslar. Flyuslar metall yuzasidagi oksidlarni kavsharlash vaqtida eritib yuborish, bu 
yuzani oksidlashdan saqlash bilan kavsharning buyum tirqishlariga yaxshi o‟rnatilishini 
ta‟minlash uchun xizmat qiladi. Flyus sifatida maxsus kimyoviy moddalar (xlorid kislotasining 
suvdagi eritmasi, rux xlorid, bura, nashatir, kanifol, stearin, kavsharlash pastasi va boshqalar) 
dan foydalaniladi. 
Takrorlash uchun savollar: 
1. 
Metallarni gaz alangasida payvandlashning afzalliklarini ayting. 
2. 
Payvandlashning qanday zamonaviy usullarini bilasiz?
3. 
Metallarni kavsharlash jaroyoni qanday amalgam oshiriladi? 
4. 
Kavsharlarning qanday turlarini bilasiz? 
5. 
Kavsharlashda ishlatiladigan flyuslarni ayting.
17-MavzuMetallarni kesish jarayonlari to’g’risida umumiy ma‘lumotlar 
Reja: 
 
1. 
Kesib ishlash usullarining rivojlanish tarixi va mashinasozlikda tutgan o‟rni. 
2. 
Kesish jarayonining turlari. 
3. 
Keskich, uning qismi va elementlari. 
4. 
Keskich burchaklari va tanlash. 
5. 
Kesuvchi asboblar tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar. 
6. 
Kesish jarayonining asosiy elementlari. 
 
Adabiyotlar: 1, 3, 6, 4, 7, 5. 
Tayanch iboralar: Babka, gitara, zagatovka, opravka, patron, faska, shpindel. 
 
1. Kesib ishlash usullarining rivojlanish tarixi va mashinasozlikda tutgan o’rni 
Mashina detallarini tayyorlashda zagatovka quyimining keskichlar yordamida qirindi 
tarzida yo‟nish bilan uni chizma talabiga o‟tkazish jarayoni kesib ishlash deyiladi. Kesib 
ishlash usullari turlicha bo‟lib, ular asosan yo‟nish, randalash, parmalash, frezalash, jilvirlash, 
rezba qirqish, tish qirqish xillariga bo‟linadi. Materiallarni kesib ishlash usullari odamlarga 
juda qadimdan ma„lum, XII asrdayoq hunarmandlar qurol – aslaha ishlab chiqarishda qo‟l bilan 
ishlatiladigan parmalash, tokarlik va boshqa stanoklardan foydalanganlar. Shu davrdan boshlab 


materiallarni kesib ishlash jarayoni o‟rganila boshlandi. Bu borada rus olimlaridan 
I.A.Timening ishlari alohida o‟rin tutadi. U, 1870 yilda nashr etilgan asarida («Soprativlenie 
metallov i dereva rezaniyu») materiallarni kesib ishlashda qirindining ajralish qonuniyatini 
tushuntirdi. 1893 yilda K.A.Zvorikin kesish kuchini o‟lchovchi gidravlik dinamometr yaratdi. 
Buyuk sarkardalardan A.Temur va Z.M.Bobur davrida ham to‟p otuvchi 
zambaraklar tayyorlashda kesish usullaridan foydalanishgan. 
1912 yilda Ya.G.Usachev kesish jarayonida keskichning turli joylardagi haroratini termopara 
yordamida o‟lchadi va strukturalarini o‟rgandi. 
Hozirda mustaqil O‟zbekistonimizning mashinasozlik zavodlarida (Navoiy shahrida) 
har xil stanoklar ilg‟or texnologiya bo‟yicha tuzilgan dastur asosida boshqariladigan, yarim 
avtomatikaviy va avtomatik ishlaydigan turli xil stanoklarni ishlab chiqarish yo‟lga qo‟yildi. 
Kesish jarayonidagi elektorofizik, fizik-kimyoviy va mexanik jarayonlarni o‟rganish natijasida 
elektroerrozion, elektr – kimyoviy, ultratovush yordamida va boshqa ishlov berish usullari 
yaratildi va natijada juda qattiq materiallarni tegishli darajada ishlashga erishildi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin