Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
5. Kesuvchi asboblar tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar Materiallarni og‟ir sharoitda kesib ishlashda keskichlar yeyilib o‟tmaslanib qoladi. Shu
sababli ularning materiali zagatovka materialidan ancha puxta, qattiq, issiqbardosh, kam
yeyiladigan bo‟lishi kerak.
Keskichlar (parma, freza) asosan legirlangan asbobsozlik po‟latlaridan, qattiq
qotishmalardan,
mineral-keramik
materiallardan
tayyorlanadi.
Legirlangan
tezkesar
po‟latlardan (Р9, Р18) tayyorlangan keskichlar qattiqligi РRC = 62...65 bo‟lsa-da, ular ish
jarayonida 500
0
С haroratga qadar, kesuvchanlik xossalarini saqlaydi. Qattiq qotishmalar
(masalan, Т15К6, ВК8) qattiqligi НRA = 82...92 bo‟lib, ish jarayonida 1000...1200
0
С
haroratgacha kesuvchanlik xossalarini saqlaydi.
Mineral-keramik materiallarning qattiq qotishmalardan asosiy farqi shundaki, bu materiallar
tarkibida qimmatbaho elementlar (W, Co, Ti) bo‟lmay, balki asosi alyuminiy oksidi (Al
2
O
3
),
bo‟lgan arzon material borligidir. Ularning qattiqligi НRA 90...93 bo‟lib, 1200...1500
0
С
haroratgacha qizdirganda ham kesuvchanlik hossasini saqlaydi. Mo‟rtligi sababli xomaki
ishlovlarga chidamsiz bo‟lib, faqat nafis ishlov berishda ishlatiladi. Bu materialning mikrolit
(ЦМ, ЦМ-322), termokorund xillari ishlab chiqariladi, plastinkalar esa keskich kallaklariga
mexanik tarzda maxkamlanadi.
Olmosasbobsozlik materiallari ichida eng qattig‟i bo‟lib, kesuvchanlik xossasini 1500
0
С
haroratgacha qiziganda ham saqlaydi. Sintetik olmosning АСО, АСР, АСБ va boshqa
markalaridan keskichlarda foydalaniladi. Bu krisstallar massasi 0,2...0,8 karat (1 karat = 0,2g)
bo‟ladi.
1964 yildan boshlab bor nitrid materiali (elbor) ham ishlab chiqarilmoqda. Bu materialning
abrazivlik xususiyati olmosga yaqin, plastinkalari keskich kallaklariga o‟rnatilib, undan
metallarni nafis ishlashda foydalaniladi.